BRASHOV

BRASHOV — Ruminiyaning markaziy qismidagi shahar, Brashov judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 324 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yogochsozlik, koʻn poyabzal, kimyo, qurilish materiallari, poligrafiya sanoati korxonalari; intlar, muzey va teatrlar bor. 15—16a. larda Transilvaniyaning bosh shahri boʻlgan. Shahar devori (13—17-a. lar), … Читать далее

BOGʻOT TUMANI

BOGʻOT TUMANI — Xorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1930 va 50-y. larda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va qayta tiklangan, 1970-y. 7 dek. da qayta tashkil etildi). Bogʻot tumani Xorazm viloyatining jan. sharqiy qismida joylashgan. Gʻarb va shim. da viloyatning Yangiariq va Xonqa tumanlari, Amudaryo b-n, sharkda Hazorasp … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

VANUATU

VANUATU, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid o. lari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Mayd. 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Port-Vila sh. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan. Davlat tuzumi. V. Respublikasi Buyuk … Читать далее

VEYMAR

VEYMAR — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Ilm daryosi boʻyida (Elba havzasi). Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Kombayn, aniq oʻlchov asboblari z-di, poligrafiya korxonalari bor; kimyo, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Shahar ilk bor 975-y. dan tilga olingan. 1573-y. dan gersoglik, 1815-y. dan Saksen-Veymar-Eyzenax Buyuk gersogliganing (1918-y. gacha) bosh shahri. 18-a. … Читать далее

BORROMINI

BORROMINI, Borromino (Borromini) , asli Kastelli Franchesko (1599.25.9, Bissone, Shveysariya — 1667. 3.8, Rim) — italyan meʼmori. Barokko namoyandasi. Mumtoz orderlardan erkin foydalanib, yangi bezak qismlarini tanlab, bino tarzi tuzilishini va qurilish rejalarining murakkab shakllarini yaratgan. Asosiy ishlari: Rimda bunyod etilgan SanKarlo alle Kuatro Fontane (1634—67), Sant— Ivo alla Sapiyensa (1642—60), Sant— Andrea delle Fratte … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее

VASSA

VASSA, toqi — oʻzbek meʼmorligida sinchkor binolarda keng qoʻllaniladigan qurilish materiali. Vassa oqtol gʻoʻlalaridan tayyorlanib, binolar shiftiga qoʻiilgan toʻsin (bolor) lar ustiga zich teriladi. Toʻsinlarining ustiga Vassalar terilgach, ustidan boʻyra yoki bordon yopiladi. Vassalar, baʼzan ohak bilan oqartiriladi yoki rang-barang boʻyoqlar b-n boʻyalib, gullar ishlanadi. Vassajuft imorat — toʻsinlariga Vassalar terib ishlangan bino. Пост Навигацияси

BERBERA

BERBERA — Somali shim. gʻarbidagi shahar. Aholisi 65 migʻtg kishi (1981). Mamlakatning Adan qoʻltigi sohilidagi yirik porti, Berbera orqali chorva mollari va teri xom ashyosi arab mamlakatlariga eksport qilinadi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Baliq ovlanadi. Sement z-di bor. B. atrofidan gips angidridi, qurilish sanoati xom ashyolari olinadi. Berberadan jan. da niobiy rudalari topilgan. Пост Навигацияси

VLADIMIR

VLADIMIR — RF dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor z-di», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj … Читать далее