MUDOFAA DEVORLARI

MUDOFAA DEVORLARI — aholini dushman hujumidan saklash maqsadida qad. dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼasidagi koʻpgina mamlakatlarda qurilgan (mas, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va b.). Oʻzbekiston hududida Shaxrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik r-nlari va Marokanda sh. atrofidagi qishloqlar tevaragiga Mudofaa devorlari qurilgan. 1956-y. da Ya. Gʻ. Gʻulomov boshchiligida Oʻzbekistonda … Читать далее

MEʼMOR

MEʼMOR, arxitektor — turli imorat va inshootlarni meʼmorlik qonun va qoidalari asosida ijod etuvchi va loyihalar ishlovchi mutaxassis. Qadim zamonlarda Meʼmor bino loyihasini ishlash bilan birga uni quruvchi bi-nokor va muhandisi ham boʻlgan. Meʼmorlik va texnika taraqqiyoti natijasida Meʼmor ijodi murakkablashib bir qancha maxsus sohalarga boʻlinib ketdi: shaharsoz M; sanoat korxonalarini loyihalovchi Meʼmor ; meʼmorlik … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va … Читать далее

PROLYUVIY

PROLYUVIY (lot. proluo — yuvaman, oqim bilan chiqaraman) — togʻ jinslarining yogʻingarchilik taʼsirida yuvilishidan hosil boʻlgan gʻovak jinslar. Prolyuviy togʻ etaklaridagi tekislikka oqim taʼsirida kelib, devorga oʻxshash turli toʻsiqlar holida choʻkib joylashadi. Prolyuviy turli kattalikdagi chaqiqjins parchalaridan iborat boʻlgan, oralari se-mentlovchi material sifatida qum va loy bilan toʻlgan holda fanglomerat yoki juda kichik zarrachalardan iborat … Читать далее

PROJEKTOR

PROJEKTOR (lot. proectus — oldinga irgʻitilgan) — optik tizimlar yorda-mida lampaning yorugʻlik oqimini maʼlum fazoviy burchak ostida toʻplab yoʻnaltiruvchi yoritish asbobi. Projektorning optik tizimi sifatida koʻzgu va linzalar, yorugʻlik manbai sifatida yoyli lampa va maxsus choʻgʻlanma lampalar ishlatiladi. Uzoqni va yaqinni yoritadigan, signal beradigan xamda yorugʻlikni yoyib sochadigan xillari bor. Uzoqni yoritadigan Projektorda para-bolik qaytargichdan, … Читать далее

PORAXOʻRLIK

PORAXOʻRLIK — pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlikjinoyatlari. Poraxoʻrlik moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, u boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sirasiga kiradi. JK boʻyicha, pora olish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin … Читать далее

MOSKVA

MOSKVA — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, RF hukumati, Konstitutsiyey Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, RF Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd sh.) boʻlingan. Shahar chegarasi, … Читать далее

MADINAT AZZAHRA SAROY MAJMUASI

MADINAT AZZAHRA SAROY MAJMUASI — Kordova (Ispaniya) dagi meʼmoriy yodgorlik (10-a.). Shahar tashqarisida. Kordova sh. dan 5 km shim.gʻarbda Syerra-Morena yon bagʻriga kurilgan (936). Qurilishda 1000 ga yaqin ishchi qatnashgan, davlat xazinasining uchdan bir qismi sarf qilingan. Tar-hi 1500×750 m, togʻ yon bagʻrida 3 pogʻonali qilib koʻtarilgan. Yuqorida shim. dan qalʼa devori bilan tutash. Saroy, … Читать далее

MADANIY QATLAM

MADANIY QATLAM (arxeologiyada) — inson faoliyatining izlari (qad. inshootlar, qurilish va xoʻjalik chiqindilari, kul va h. k.) saqlangan yer qatlami. Qalinligi bir necha sm dan bir necha 10 m gacha boʻlishi mumkin. Madaniy qatlam oʻtmishimizning gʻor va ungurlarda, dare va koʻl boʻylarida qad koʻtargan makon va manzilgohlarda hosil boʻlgan madaniy qoldiqlarning jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq … Читать далее