VIBROMAYDON

VIBROMAYDONqurilish maydonlari va z-dlar sharoitida beton va temir-beton buyumlar (mas., bloklar, plitalar, devor panellari, koʻp gʻovakli toʻshamalar, koʻpriklarning qulochlari elementlari) tayyorlashda beton qorishmalarni zichlovchi titrama mashina. Tebranish tarziga koʻra doiraviy, vertikal, gorizontal yoʻnalishda titraydigan va zarbiy xillarga, tuzilishiga koʻra romli va blokli xillarga boʻlinadi. Titrashlar Vibromaydondan unga mahkamlangan, ichiga beton qorishmasi solingan qolipga uzatiladi. Qolip V. ga elektromagnit, pnevmatik, gidravlik yoki mexanik qisuvchi moslamalar bilan mahkamlanadi (q. Vibrator).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x