BOGʻOT TUMANI

BOGʻOT TUMANIXorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1930 va 50-y. larda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va qayta tiklangan, 1970-y. 7 dek. da qayta tashkil etildi). Bogʻot tumani Xorazm viloyatining jan. sharqiy qismida joylashgan. Gʻarb va shim. da viloyatning Yangiariq va Xonqa tumanlari, Amudaryo b-n, sharkda Hazorasp tumani va jan. da Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 106 ming kishidan ziyod (2000). Bogʻot tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshariq, Bogʻot, Dehqonbozor, Madaniyat, Nayman, Xitoy, Xoʻjalik, Qizilravot, Qipchoq, Qorayantoq, Qulonqorabogʻ) bor. Markazi — Bogʻot qishlogʻi.

Tabiati. Bogʻot tumani yer yuzasi uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshlarida dare keltirgan yotqiziklarning toʻplanishidan vujudga kelgan. Allyuvial jinslar boʻr davrining tub jinslari ustini qoplab olgan. Yer yuzasi payettekislikboʻlib, shim. gʻarbga nishab. Baʼzi joylarida sayoz botiq va qoldiq oʻzanlar uchraydi. Tumanning jan. da kum relyef shakllari tarqalgan. Hoz. zamon relyefining vujudga kelishida Amudaryo va uning tarmoklari, sugorish shoxobchalari muhim rol oʻynagan.

Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4°dan — 6° gacha, iyulniki 28—30°. Yiliga 80—110 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190— 210 kun. Tuman hududidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumandagi asosiy sugʻorish shoxobchalari Toshsoqa kanali va uning tarmoklari — Bayramsoqa, Qizilrabot, Qorayantoqva Osyop ariqlaridir. Tumanda 50 dan ziyod koʻl (Otakoʻl, Shoʻrkoʻl, Koʻkkoʻl, Gajli, Toʻqaykoʻl va b.) bor. Koʻllarning aksariyat qismi tumanning Qoraqumga tutash pastqam joylarida joylashgan. Tuproqlari oʻtloqi va oʻtloqi boʻz tuproklardan iborat. Kuchli shoʻrlangan joylarda shoʻrxok va shoʻrtob tuproqpar, Qoraqumga tutash joylarida qumli va qumoqtuproklar tarqalgan. Suvga serob joylarda namsevar oʻsimliklar, qumlarda kserofit oʻsimliklar uchraydi. Hayvonlardan sariq yumronqoziq, chiyaboʻri, nutriya, ondatra, parrandalardan oʻrdak, kulrang gʻoz, birqozon va b. uchraydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 240 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Bogʻot tumani xoʻjaligining asosini q. x. tashkil etadi. Q. x. da foydalaniladigan yerlar 22,9 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 18,5 ming ga; 8,5 ming ga yerga paxta, 3,8 ming ga yerga galla, 3,6 ming ga yerga sholi, 0,7 ming ga yerga polizsabzavot ekinlari, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,2 ming ga yerga beda ekiladi. Kunjut va qand lavlagi ekish ham yoʻlga qoʻyilmoqda. Bogʻot tumanida 13 jamoa xoʻjaligi, 81 dehqon va fermer xoʻjaligi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 35,8 ming qoramol, 30,5 ming qoʻy va echki, 100 ming parranda boqiladi (2000).

Sanoat korxonalari q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Tumanda 10 qurilish tashkiloti, 6 sanoat korxonasi bor. Tuman hududidan Qoʻngʻirot — Chorjoʻy t. y., Urganch — Hazorasp, XivaHazorasp avtomobil yoʻllari oʻtgan. Eng yaqin t. y. stansiyasi «Bogʻot» tuman markazidan 12 km narida.

1999/2000 oʻquv yilida 50 umumiy taʼlim maktabida 27 ming oʻquvchi, 2 litseyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 2 sport maktabi va tennis korti faoliyat koʻrsatmoqda. 40 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 42 klub, 14 madaniyat uyi, 1 musiqa maktabi, 1 xalq ansambli, 39 sport zali, tennis korti, 204 sport maydonchalari ishlab turibdi. 10 ming kishiga moʻljallangan stadion mavjud. 510 oʻrinli 5 kasalxona, 10 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 30 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 1469 vrach va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1971-y. dan «Hurriyat» tuman gaz. chiqadi (adadi 3,4 ming). Oʻzbekiston Qahramoni «Bogʻot» jamoa xoʻjaligining raisi Masharif Quvokov shu tumanning Qulonqorabogʻ qishlogʻidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x