VIDSUK

VIDSUK (lot. via — yoʻl va duco — oʻtka-zaman) — yoʻllar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va b. bilan tutashadigan joylarga kuriladigan baland va uzun koʻpriksimon inshoot. Vidsuk metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, koʻp qulochli va shunga yarasha koʻp tayanchli boʻladi; ravoqsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda toʻsinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq bilan toʻldirish juda qimmatga tushadigan va zamin juda boʻsh boʻlgan hollarda Vidsuk qoʻl keladi. Tosh V. Kds. Rimda ham qurilgan va asosan ravoqsimon boʻlgan. Metall va temir-beton Vidsuklar 19-a. dan boshlab kurila boshlagan. Vidsuk qurishda meʼmorlar va muhandislarning mahoratlari uygʻunlashib ketishi lozim. Tayanchlari (ustunlari) inshoot oʻrtasiga tomon balandlashib yoki kaltalashib borishi (yaʼni tayanchlarning balandligi har xil boʻlishi) bilan Vidsuk estakadadan farq qiladi. Oʻzbekiston hududida qadim zamonlardan beri akveduk (jarlik, dara, soy, anhor va b. ustidan suv oʻtkazish uchun quriladigan inshoot) qurilib kelinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x