GʻOIBIY

GʻOIBIY Abdurahmon (1899, Margʻilon — 1931, Moskva) — maʼrifat-parvar pedagog. Rus-tuzem maktabi (1915), Orenburgdagi «Madrasai Husayniya» (1918), Toshkentdagi mao-rif in-ti (1921) ni tugatgan. Arab, fors, turk, rus tillarini bilgan. Qoʻqon va Margʻilon sh. laridagi maktablarda (1919—20), Toshkentdagi oʻqituvchilar tayyorlash kursida (1921 — 23) oʻqituvchi, 1-internat mudiri (1923—25), Fargʻonada oʻqituvchilar tayyorlash kursida mudir (1925—26), Fargʻona taʼlim-tarbiya texnikumida ilmiy mudir, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi, okrug xalq maorif boʻlimi, Oʻzbekiston maorif xalq komissarligida metodist (1926 — 30). 1931-y. millatchi sifatida qamoqqa olinib, Moskvaga joʻnatilgan. «Yozu-vimizni lotinga oʻtkazish» (1930. samarqand), «Ona tili va adabiyotdan oʻqitish yoʻllari» (1930, Samarqand), «Kattalarni qanday oʻqitish kerak?» (1930, Toshkent-Boku) oʻquv qoʻllan-malari muallifi. «Fargʻona xalq qoʻshiklari»ni toʻplagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x