GʻULOM ZAFARIY

GʻULOM ZAFARIY (1889 – Toshkent sh. — 1938.4.12) — shoir, aktyor va dramaturg. Milliy musiqali drama janri asoschisi. Xoʻja Ahmad va Koʻkaldosh madrasalarida taʼlim olgan (1912). Oʻsh sh. da usuli jadid maktabini ochgan (1912—14). «Turon» jamiyati, 1916—21 y. larda shu nomli teatrda aktyor va dramaturg (1914). «Ish-chilar dunyosi» jur. da boʻlim mudiri (1917 — 18). «Turon» truppasi tarkibida Oqtoʻba frontida boʻlgan, «Turk ROSTA» gaz. da mudir (1920—21). buxoro musiqa texnikumida direktor (1921—23), Maorif komissarligi «Bilim kengashi»ning sanʼat shoʻrosiga rais (1923—24), «Uchqun» maktabida muallim, Oʻzbek davlat kinosida direktor muovini, Toshkent musiqa texnikumida direktor (1926). Termiz muallimlar tayyorlash kursida mudir (1927), Samarqand musiqa va xoreografiya sanʼati in-ti direktori muovini (1929 — 31). 1932-y. da GPU tomonidan millatchilikda gumon qilinib, 3 y. ga qamalib, ,1936-y. da qaytib kelgan. 1937-y. 29 okt. da ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1937-y. dek. da (dalilsiz) otishga hukm qilingan. 1957-y. da oqlangan. 1913 — 26 y. lar davomida 10 dan ortiq musiqiy sahnaviy asar yaratib («Erk bolalari», «Binafsha», «Halima» va b.), ularni «opera» yoki «ope-racha» deb atagan. Uning «Bahor», «Binafsha», «Quyon», «Rahimli shogird», «Mozorlikda», «Erk bolalari», «Tilak», «Tatimboy ota» (1 pardali «kichik operalar»), «Hali-ma» (4 pardali musiqali drama, 1918 — 21), «Buzuqlik armugʻoni» (3 pardali drama — 1926), «Paxtaxon», «Yangi odam», «Sayil va toʻy» (1936—37), «Til bilgʻon narsa», «Toy» pyesalari bor. U «Gulyor» (1923), «Chin Temir botir», «Ketmon chopti», «Qora kunlar» (1927), «Yangi roʻzgʻor erlari» (1933—34), «Chin Temir» (1924), «Yoshlar endi berilmas» (1926), «Vannaycha» dostonlarini yozgan. Oʻzbek musiqa madaniyati tarixida u musiqiy sahnaviy asarlar muallifi, milliy musiqa namunalari toʻplovchisi hamda tadqiqotchisi sifatida tanilgan. Gʻulom Zafariy va uning safdoshlari (Fitrat, V. Uspenskiy, Elbek) jon-bozligi tufayli uyushtirilgan ilk musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijasida musiqa merosini toʻplash va oʻrganish tizimiga asos solindi: 1920-y. lar boshida Buxo-roda Tanbur chizigʻining nusxasi topilLi, 1923 — 24 y. larda Buxoro Shashmaqom», 1925-y. da Sh. Shoumarovdan Toshkent-Fargʻona maqom yoʻllari ilk bor notaga yozib olindi. Elbek bilan Fargʻonaga uyushti-rilgan ekspeditsiya natijalari asosida milliy musiqiy folklorning birinchi (garchand nota yozu-visiz bajarilgan boʻlsa-da) tizimli nashri — «Ashulalar» toʻplami tayyorlandi.

Sirojiddin Ahmedov, Saida Qosimxoʻjayeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x