GEMIPLEGIYA

GEMIPLEGIYA (gemi… va yun. Piegin — shikastlanish) — gavda oʻng yoki chap yarmining toʻliq falajlanishi. Koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab boʻladi. Gemiplegiya miya oʻsmasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati boʻlishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, doridarmomdan tashqari falajlangan oyoq-qoʻl uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi … Читать далее

GAMAZIDLAR

GAMAZIDLAR (Gamasoidea) — parazitoform kanalarning katta oilasi, 20 oila, 3000 turdan iborat. Tanasining uz. 0,3—4 mm, sargʻish jigarrang, oyoqlari tirnogʻining ostida xoʻjayin tanasida oʻrmalab yurishga moslashgan soʻrgʻichlari bor. Ogʻiz organlari qon soʻrishga moslashgan, qorin qismining ikki yonida nafas teshiklari boʻladi. Gamazidlar qushlar tanasi, burun boʻshligʻi, oʻpkasi va havo xaltachalarida; ayrim turlari kemiruvchi hayvonlar inida va … Читать далее

BOʻSTON SANATORIYSI

«BOʻSTON» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda, Chirchiq sh. da, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Mayd. 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash … Читать далее

BURUN QONASHI

BURUN QONASHI — burun boʻshligʻidan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (mas, gripp) B. q. ga sabab boʻladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi aʼzolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Baʼzan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi oʻzgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy … Читать далее

BRIONIYA

BRIONIYA (Bryonia) — qovoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 15 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi uchraydi. Oq B. (V. alba) — yoʻgʻon ildizli, mayda sariq gulli oʻsimlik. Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻsadi. Tarkibida brionin degan zaharli glikozid va b. moddalar bor. Xalqtabobatida ogʻriq qoldiruvchi, qon toʻxtatuvchi, surgi dori sifatida, yoʻtal va yaralarni … Читать далее