MEHMED RAUF

MEHMED RAUF (1875 – Istanbul – 1931.23.12) — turk yozuvchisi. Dengizchilar bilim yurtini tugatgan (1893). Istanbuldagi elchilik kemalaridan birida aloqa ofitseri boʻlib xizmat qilgan. 1908-y. harbiylikdan isteʼfoga chiqib, tijorat bilan shugʻullangan. Ilk hikoyasi — «Tushkunlik» (1891, «Dushmush») adabiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan. Ijodiy kamolotida Xolid Ziyoning taʼsiri katta boʻlgan. Mehmed Rauf bir qancha oq sheʼrlar, … Читать далее

MEʼDA SHIRASI

MEʼDA SHIRASI — meʼda (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va b.) bor. Odam M. sh. dagi xlorid kislota konsentratsiyasi 0,4—0,5% ga teng. Xlorid kislota ovqatni oʻzlashtirishda muhim rol oʻynaydi. U ovqat luqmalarini … Читать далее

PLASTIK OPERATSIYA

PLASTIK OPERATSIYA — kishi organizmidagi shikastlangan biror aʼzoning shakli va funksiyasini qayta tiklash, tugʻma va hayotda orttirilgan nuqson, kamchiliklarni toʻgʻrilash. Plastik operatsiyada toʻqimalarning joyi oʻzgartiriladi, bemor gavdasining boshqa qis-midan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkaziladi (autoplastika, autotrans-plantatsiya); bemorga boshqa odamdan (allotransplantatsiya) yoki hayvondan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkazila-di; bemor toʻqimalariga, organizmiga yot, biroq unga beziyon materiallar (metall, plastmassa, … Читать далее

MUHARRAM

MUHARRAM (arab. — taqiqlangan, muqaddas) — qad. arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobit birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar oʻrtasidagi urushjanjallar va qon toʻkishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham koʻrinib turadi. Muharram oyining birinchi oʻn kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar … Читать далее

MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA — kasal organizm (odam va hayvon) ning hayot faoliyati, undagi funksional oʻzgarishlar, kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va oqibati qonu-niyatlarini oʻrganadigan fan. P. f. normal fiziologiya, patologik anatomiya, xususiy patologiya bilan chambarchas bogʻlangan. Patologik fiziologiya umumiy va xususiy qismdan iborat. Umumiy qismda kasallik biologik qonuniyat, bir butun organizmning reaksiyasi sifatida oʻrganiladi. Kasallik … Читать далее

MOXOV

MOXOV (arab, maxv — yoʻq qilish yoki chetlatish) , lepra, prokaza — butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qoʻzgʻatadi. Kasallik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qoʻlyozmalarda taʼkidlanishicha, miloddan 3 — 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Moʻgʻuliston, … Читать далее

PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy … Читать далее

MODDALAR ALMASHINUVI

MODDALAR ALMASHINUVI, metabolizm — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini do-imiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon … Читать далее