YIRING

YIRING, madda, fasod, patos — yalligʻlangan joyda toʻplanadigan suyuqlik (ekssudat); leykotsitlar (oq qon tanachalari), monotsitlar, neytrofillar, oqsillar, shuningdek, toʻqimalarning parchalanish mahsulotlaridan iborat. Yiring yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokklar, streptokokklar, gonokokklar va b.), shuningdek, baʼzi kimyoviy moddalar (skipidar va b.) yalligʻlantirgan toʻqimalarda hosil boʻladi. Yiringning rangi uni hosil qilgan mikrob turiga bogʻliq; sariq Y. — stafilokokk, yashil Yiring … Читать далее

YARA KASALLIGI

YARA KASALLIGI, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi — meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakda yara hosil boʻlishidan iborat kasallik. Koʻpincha 25—50 yashar erkaklarda, baʼzan ayollarda ham uchraydi. Kasallikning kelib chiqishiga kuchli hayajonlanish, qaygʻurish, qiyin hazm boʻladigan, yogʻli, achchiqshoʻr, oʻta issiq yoki sovuq taomlar isteʼmol qilish, tartibsiz ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar … Читать далее

YOTOQ YARA

YOTOQ YARA — koʻpincha darmonsiz, ogʻir xastalik oqibatida uzoq vaqt koʻrpatoʻshak qilib yotib qolgan bemorlarda tananing suyak boʻrtib chiqqan joylari (dumgʻaza, tirsak, tovon, kallaning ensa qismi)da paydo boʻladigan yara. Asosan boʻrtib chiqqan suyaklar teri osti yogʻ qatlamining yuqaligi va terining doimo bosilib, mahalliy qon aylanishining buzilishi sabab boʻladi. Yostiqtumor. Bunda yumshoq toʻqimalar iriydi. Uzok, vaqt … Читать далее

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI

YOMGʻIR CHUVALCHANGLARI, yer chuvalchanglari — kam tukli halqalilar sinfiga mansub chuvalchanglar bir necha oilasining umumiy nomi. Tanasining uzunligi bir necha sm dan tropik turlari 2,5 m gacha. Oʻzbekistonda uchraydigan turlari 15—20 sm dan oshmaydi. Tanasidagi halqalar soni 80 dan 450 gacha. Har bir halqasida 4 juftdan yoki undan koʻproq tuk bor. Tuklar Yomgʻir chuvalchanglari oʻrmalaganida … Читать далее

YASSI CHUVALCHANGLAR

YASSI CHUVALCHANGLAR — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR

YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR — qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Asosiy belgilari — boshi 5, koʻkragi 8, qorin boʻlimi 6 boʻgʻimdan iborat; faqat yupqa sovutli qisqichbaqalar qorin boʻlimi 7 boʻgʻimli; qorin oyoqlari rivojlangan. Boshi — sinsefalon yoki prototsefalon. Prototsefalonda jagʻ boʻgʻimlari koʻkrak bilan qoʻshilib, jagʻkoʻkrakni hosil qiladi. Jagʻkoʻkrak (gnatotoraks) koʻpincha boshkoʻkrak ham deyiladi. Boshida bir juft fasetkali koʻz va … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее

VENALAR

VENALAR (lot. vena — vena, koʻk qon tomir) — venoz qonni (karbonat angidrid bilan toʻyingan) aʼzo va toʻqimalardan yurakka olib keluvchi kon tomirlar (oʻpka V. i bundan mustasno, ular arterial qon tashiydi). Odamda uchta Venalar tizimi mavjud. Yuqori kovak vena gavdaning yuqori yarmi (bosh, boʻyin, qoʻl va koʻkrak)dan yurakka qon keltiradi, pastki kovak vena gavdaning … Читать далее

VASKULIT

VASKULIT (lot. vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi Vaskulit farq qilinadi. Ikkilamchi Vaskulitga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali kizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va h. k.) kasalliklar sabab boʻladi. Vaskulitga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda … Читать далее