GRUPPA

GRUPPA (nem. Gruppe) — 1) guruh — biror jihati (belgisi, xususiyati, maqsad-gʻoyasi, faoliyati va b.) bilan oʻzaro bogʻliq yoki yaqin narsa va jonzodlar majmui (mas, qon G. si, ijtimoiy Gruppa); 2) matematikada — algebraik sistemalarning bir turi. Mat. ning turli yoʻnalishlarini munosabatlar va amallar nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish natijasida vujudga kelgan. Gruppalar nazariyasi mat. … Читать далее

GRANULYATSION TOʻQIMA

GRANULYATSION TOʻQIMA (lot granulum — donacha) , granul yatsiya — biriktiruvchi toʻqimaning shikastlangan joyida paydo boʻladigan, yosh, yetilmagan toʻqima; qon tomirlar va yosh hujayralarga boy boʻlib, aʼzo yoki toʻqimaning nobud boʻlgan qismini egallab boradi (et bitishi). Keyinchalik Granulyatsion toʻqima yetila boshlaydi: ancha qattiqlashib, oqaradi va nihoyat, toʻqimaga aylanadi. Organizm zaif, quvvatsiz bemorlar, shuningdek, yoshi oʻtgan … Читать далее

GIPERBILIRUBINEMIYA

GIPERBILIRUBINEMIYA, bili rubinemiya — qon zardobida bilirubin miqdorining koʻpayib ketishi. Sogʻlom kishining qon zardobida 0,2, 0,5—0,8 mg%, chaqaloklarda esa bir oz yuqori — 1—2 mg% (fiziologik sariqlik kuzatilmaganda) boʻladi. Giperbilirubinemiya irsiy, tugʻma va orttirilgan boʻlishi mumkin. Gemolitik va nogemolitik, qaysi aʼzo (mas, jigar)ga taalluqligiga koʻra bir qancha turlarga boʻlinadi. Asosan jigar, oʻt yoʻli kasalliklarida uchraydi … Читать далее

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK — urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (B. t. h. ning shu xily eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va b.) boʻli-shi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni … Читать далее

YURAK POROKLARI

YURAK POROKLARI — yurakning anatomik tuzilishidagi turgʻun nuqson, kamchilik va oʻzgarishlar; normal qon oqimiga xalaqit beradi. Tugʻma va orttirilgan Yurak poroklari farq qilinadi. Tugʻma Yurak poroklari homila yuragi va yurak yirik tomirlarining embrional rivojlanish davrida notoʻtri shakllanishi natijasida roʻy beradi. Homiladorlikning ilk davrida ona organizmining zaharlanishi, baʼzi kasalliklar bilan ogʻrishi, ionlovchi nurlarning biologik taʼsiri, irsiy … Читать далее

YELKA OYOQLILAR

YELKA OYOQLILAR (Brachiopoda) – umurtqasiz hayvonlar tipi, dengizlarda oʻtroq hayot kechiradi. Tanasi pushti rang ikki pallali ohak chigʻanoq bilan qoplangan. Chigʻanogʻining uz. 10 sm gacha. Chigʻanoq pallalari maxsus oʻsiklar yoki faqat muskullar yordamida tutashgan. Tanasi chigʻanoq boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan, chigʻanoqning oldingi kengaygan qismida teri oʻsimtalari, yaʼni kipriklar bilan qoplangan «qoʻllar» bor. Kipriklar harakati tufayli … Читать далее

YELKA

YELKA, kift — qoʻlning boshlanish qismi; uning asosini yelka skeleti tashkil etadi. U tashqi tomondan qoʻlning erkin (osilib turgan) qismiga oʻtsa, ichki tomondan umurtqa pogʻonasiga taqaladi. Yelka kamari suyaklari (kurak suyagining yelka oʻsigʻi bilan oʻmrov suyagi) boylamlar b-n oʻzaro birlashib muskullar, teri osti yogʻ qavati, teri bilan qoplangan. Yelka muskullari oldindagi — bukuvchi va orqadagi … Читать далее

YASAMA KOʻZ

YASAMA KOʻZ, koʻz protezi — chinni, shisha yoki plastmassadan yasaladigan sunʼiy koʻz. Jarohatlanish yoki shikastlanish hamda koʻz kasalliklari oqibatida koʻz olib tashlanganda oʻrniga Yasama koʻz qoʻyiladi. Shisha yoki plastmassaga koʻzning oq pardasi, qon tomirlari, rangdor pardasi, qorachigʻi chizilgan boʻladi. Sogʻlom koʻzning rangdor pardasi va sklera rangiga mos qilib olingan Yasama koʻz koʻz kosasining kattakichikligi va … Читать далее

YAKOBSON

YAKOBSON August [1904.20.8 (2.9), Pryanu yaqinidagi Ryaema qishlogʻi — 1963.23.5, Tallin] — Estoniya xalq yozuvchisi (1947), davlat arbobi. Tartu untida oʻqigan (1932—35), «Rangpar ot» (1928— 33), «Andruksonlar avlodi» (1931—34) romanlarida ilk ijodiga xos naturalistik boʻyoqlar koʻzga tashlanadi. «Barhayot estonlar» (1—4 j., 1937—40) romani hamda «Oxirgi bekat» (1934), «Oddiy askar Mattas» (1935) va boshqalar qissa va … Читать далее

YELIN

YELIN (uber) — urgʻochi hayvonlarning sut bezlari. Choʻchqalarda yakka-yakka, boshqa chorva mollarida tashqi tomondan umumlashgan, ammo ichki tomondan pardalar bilan ajralgan. Sigirlarda toʻrt, qoʻy va echkilarda ikki pallali va shuncha soʻrgʻichli boʻladi. Har qaysi sut bezi qon tomirlari, nerv, yogʻ toʻqimalari va bezli parenximalardan iborat. Soʻrgʻich kanallarini xalqasimon mushak toʻqima berkitib turadi. Yelin terisi mayin … Читать далее