YELKA OYOQLILAR

YELKA OYOQLILAR (Brachiopoda) – umurtqasiz hayvonlar tipi, dengizlarda oʻtroq hayot kechiradi. Tanasi pushti rang ikki pallali ohak chigʻanoq bilan qoplangan. Chigʻanogʻining uz. 10 sm gacha. Chigʻanoq pallalari maxsus oʻsiklar yoki faqat muskullar yordamida tutashgan. Tanasi chigʻanoq boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan, chigʻanoqning oldingi kengaygan qismida teri oʻsimtalari, yaʼni kipriklar bilan qoplangan «qoʻllar» bor. Kipriklar harakati tufayli mantiya boʻshligʻiga suv kirib turadi. Ogʻiz boʻshligʻi «qoʻllar»ning asosida joylashgan. Ayrim Yelka oyoqlilarda koʻrichak mavjud. Tana boʻshligʻi ikkilamchi, yuragi, qon tomirlari, halqum oldi nerv halqasi va nerv tolalari bor. Ayrim jinsli, lichinkasi troxofora. Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda yashaydi. Yelka oyoqlilar — qadimgi hayvonlar, kembriy davridan maʼlum. 280 dan ortiq turi tarqalgan. Yelka oyoqlilar paleozoyning stratigrafiyasida muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x