BIOLOGIYA

BIOLOGIYA (bio… va ..logiya) — tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha kurinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. «Biologiya» … Читать далее

BIOKIMYO INSTITUTI

BIOKIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti — i. t. muassasasi, 1967-y. Oʻzbekiston FA Oʻlka meditsinasi in-tining biokimyo lab. bilan Zoologiya va parazitologiya intining biokimyo va biofizika boʻlimi negizida tashkil etilgan. Intda olib boriladigan tadqiqotlar biologik sistemalar tuzilishining biokimyoviy asoslari va boshqaruvini oʻrganish, tirik organizmlar faoliyatining biokimyoviy va molekulyar mexanizmlarini tadqiq etish; normal va patologik holatlarda … Читать далее

INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR

INDUTSIRLANGAN FERMENTLAR, adaptiv fermentlar — sintezlanish tezligi tirik organizmlarning yashash sharoitiga qarab oʻzgarib turadigan fermentlar. I. f. ning sintezlanishi induktorlar (faollashtiruvchilar) taʼsirida genetik darajada boshqariladi. Bu jarayon induktorlar yor-damida amalga oshiriladi. Induktorlar sifatida substratlar, metabolitlar, shuningdek, gormonlar ishtirok etishi mumkin. Odatda, Indutsirlangan fermentlar organizmda juda kam miqsorda uchraydi. Birok, muhitga substrakt yoki boshqa induktor qoʻshilsa, … Читать далее

BEZ

BEZ, bezlar (glandulae) — 1) organizmning normal hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan va oʻziga xos maxsus shiralar (sekret) ishlab chiqaradigan hujay-ralar yoki koʻp hujayrali aʼzolar. Bez ishlab chiqaradigan moddalarning fiziologi k ahamiyatidan qagi nazar, hujay-ralardan chiqadigan hamma moddalar «sekret» deb yuritiladi. Koʻpgina Bez (mas, soʻlak, ter bezi, jigar, meʼda B.)ning chiqaruv yoʻli boʻlib, ishlab chiqaradigan … Читать далее

GLYUKOZA

GLYUKOZA (yun. glykys — shirin) , uzum shakari, dekstroza — tabiatda koʻp uchraydigan uglevod; geksozalarga, yaʼni uglerod atomlari 6 ta boʻlgan monosaxaridlarga kiradi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish t-rasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni oʻngga buradi. Viruslardan tortib yuksak oʻsimliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam) gacha barcha tirik organizmlarning zarur … Читать далее

GIPOFIZ

GIPOFIZ (yun. hypophysis — oʻsiq) , bosh miyaning pastki ortigʻi — odam va umurtqali hayvonlar inki sekretsiya bezlaridan biri; u kalla suyagi asosidagi turk egarida joylashadi boʻlib, gipofizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya bilan birikkan. Moddalar almashinuvi, shuningdek, boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyatini boshkaradigan bir qancha peptid gormonlar ishlab chiqaradi. Vazni 0,5—0,6 … Читать далее

GIPOPARATIREOZ

GIPOPARATIREOZ [gipo… va lot. (glandula) parathyreoidea — qalqonsimon bez oldi bezi va osis — kasallik] — qalqonsimon bez oldi bezlari sekretor faoliyatining yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. G. ga qalqonsimon bez oldi bezlarining tugʻma yetishmovchiligi, qalqonsimon bezda operatsiya oʻtkazilayotganda bexosdan old bezlarning olib tashlanishi yoki qon quyilishi sabab boʻladi. Gipoparatireozda kalsiy singishi buziladi, qonda kalsiy … Читать далее

GORMONOTERAPIYA

GORMONOTERAPIYA (gormonlar va terapiya) — gormonlar va sunʼiy (sintetik) gormonal preparatlar bilan davolash usuli. Gormonoterapiya asosan odam organizmida endokrin (ichki sekretsiya bezlari) aʼzolaridan birortasining kasallik tufayli faoliyati susayganda yoki toʻxtaganda tegishli gormonlar oʻrnini toʻldirish maqsadida yoki oʻrinbosar sifatida qoʻllaniladi (mas, qandli diabetyaa bemorga insulin yoki Addison kasalligida kortizon beriladi). Endokrin bezlar faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan … Читать далее

GIPOTIREOZ

GIPOTIREOZ [gipo… va lot. (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez] — qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi, uning yetarli ishlamasligi. Miksedemanit yengilroq shakli. Asosiy belgilari: toliqish, jismoniy va ruhiy zaiflik, uyquchanlik, xotira susayishi, yuz kepchishi, qovoqlar shishishi, teri quruqshashi, soch toʻkilishi, qabziyat, asosiy moddalar almashinuvining buzilishi va b. Bemor gormonlar b-n davolanadi. Пост Навигацияси

GAMETOGENEZ

GAMETOGENEZ (gametalar va… genez) — jinsiy hujayralar — gametalarning rivojlanishi. Hayvonlarda Gametogenez diffuz va lokal boʻladi. Gametalar diffuz Gametogenezda tananing istagan qismida (gʻovaktanlilar, ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar), lokal Gametogenezda maxsus jinsiy bezlar — gonadalarda (koʻpchilik hayvonlarda) hosil boʻladi. Umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda gametalar birlamchi jinsiy hujayralar (gonotsitlar)dan vujudga keladi. Gonotsitlar ekto yoki endoderma hisobidan … Читать далее