MITOZ

MITOZ (yun. mitos — ip) , kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri (interfaza)ni oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon replikatsiya deyiladi. Mitoz 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi … Читать далее

METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI

MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI — ekinlarni kasalliklar va zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda mikroorganizmlardan foydalanish, biologik himoya usulinint tarkibiy qismi. Mikrobiologik himoya usulining shakllanishida 2 yoʻnalish: antagonistmikroorganizmlar yordamida tuproqni zararsizlantirish (sogʻlomlashtirish) va oʻsimliklarni antibiotiklar yordamida davolash vujudga kelgan. Oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashda antagonist bakteriyalarni qoʻllash samarali. Oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda mikroorganizmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. … Читать далее

PLATSENTA GORMONLARI

PLATSENTA GORMONLARI — sut emizuvchi hayvonlar va homilador ayollar platsentasida ishlanib chiqadigan va gormonlar kabi taʼsir etadigan biologik faol moddalar (gonadrotropin, estrogen, progresteron va h. k.). P. g. homiladorlikning toʻgʻri kechishini taʼminlab, tugʻish aktini tayyorlaydi. Xorionik gonadotropin baʼzi maymunlar va homilador ayollarnint tipik homildorlik gormoni boʻlib, pla-sentadan qonga oʻtadi va siydik bilan ajraladi. Bu esa … Читать далее

KIMYOTERAPIYA

KIMYOTERAPIYA, kimyoviy usul bilan davolash — xavfli oʻsmalarga qarshi taʼsir etish xususiyatiga ega dori vositalari bilan davolash. Bu usul bundan 50 yil avval olimlar tomonidan kashf etilgan; unda azotipritning baʼzi farmakologik moddalari tez oʻsuvchi hujayralarga taʼsir etishi va qon i. ch. aʼzolarining xavfli oʻsmasida qoʻllash mumkinligi bayon etilgan. Keyinchalik shu asosda Kimyoterapiyada qoʻllaniladigan dorilar ishlab … Читать далее

MELANOMA

MELANOMA (yun. melas — qora, ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha) , melanoblastoma, melanosarkoma — asosan, teri (baʼzan koʻz toʻr pardasi, miya, shilliq pardalar)dagi xavfli oʻsma; qora pigmentlar — melaninlarni ishlab chiqaradigan hujayralar (odatda tugma dogʻlar)dan paydo boʻladi. Melanomaga turli shikastlanishlar, gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi va b. sabab boʻlishi mumkin (etiologiyasi toʻliq oʻrganilmagan). Asosan, … Читать далее

MUGUZLANISH

MUGUZLANISH, keratinlanish — biror toʻqimada keratin, keratogialin va yogʻ kislotasidan iborat muguz (shox) modda xreil boʻlishi. Terining yuza qavati — epidermisa», (bunda teri zichlashadi, dagʻallashadi, pishiqboʻlib qoladi, u organizmni mexanik shikastlanishdan, unga yot mikroorganizmlar tushishidan, terini qurib qolishdan himoya qiladi) va uning hosilalari (soch, tirnoq va b.)da Muguzlanish normal hisoblanadi. Muguzlanishga gormonlar va vitaminlar taʼsir … Читать далее

KAXEKSIYA

KAXEKSIYA (yun. kakos — yomon, hexis — ahvol) — ochlik, toʻyib yoki yolchitib ovqat yemaslik, moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, choʻp-ustixon boʻlib qolish. Alimentar distrofiya, surunkali zaharlanishlar (margimush, simob va b. dan), holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak), shuningdek, ichki sekretsiya kasalliklari, baʼzi avitaminozlar Kaxeksiyaga olib keladi. Gavda vazni keskin kamayib ketadi, … Читать далее

SAZERLEND

SAZERLEND (Sutherland) Erl Uilbur (1915.19.11, Berlingeym, Kanzas — 1974, Nashvill, Tennessi) — amerikalik biokimyogar va farmakolog. AQSH milliy FA aʼzosi. Klivlend (Ogayo)dagi Gʻarb un-ti tibbiyot maktabida boʻlim mudiri va prof. (1953 — 63). 1963-y. dan Nashvildagi Vanderbilt un-ti tibbiyot maktabida fiziologiya prof. Ilmiy faoliyati uglevodlar almashinuviga oid. Hayvonlar toʻqimasida siklik 3ʻ, 5ʻ adenozinmonofosfat (sAMF)ni kashf … Читать далее