GLYUKOZA

GLYUKOZA (yun. glykys — shirin) , uzum shakari, dekstroza — tabiatda koʻp uchraydigan uglevod; geksozalarga, yaʼni uglerod atomlari 6 ta boʻlgan monosaxaridlarga kiradi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish t-rasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni oʻngga buradi. Viruslardan tortib yuksak oʻsimliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam) gacha barcha tirik organizmlarning zarur tarkibiy qismi. U barcha organizmlardagi aksari sintez va parchalanish reaksiyalarida qatnashadi. Sanoatda kraxmalni gidrolizlab olinadi. Qandolatchilikda, tibbiyotda ishlatiladi.

Odam va hayvonlar toʻqimasida Glyukoza zaxiradagi uglevod — glikogetga aylanishi mumkin. U koʻpgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida qatnashadi, uglevodlar almashinuvining asosiy qismini tashkil etadi. Organizmlar uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Odam krnida taxminan 100 mg Glyukoza boʻlib, uning miqdori gormonlar (q. Gormonal regulyatsiya) va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. U organizmda suv rejimini boshqaradi, hujayralar faoliyatini izga soladi, zaharli moddalarni zararsizlantiradi, yurakning muskul vazifasini oshiradi, tomirlarni kengaytiradi, siydik ajralishini tezlashtiradi va b. Koʻpgina kasalliklarda qonda Glyukoza miqdori oshadi (q. Giperglikemiya), natijada u siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi.

Glyukoza preparatlaridan tibbiyotda keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x