GADOIY

GADOIY (taxallusi; asl ismi hozircha nomaʼlum) (1403/04 — 15-a. oxiri) — shoir. Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-a. oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi … Читать далее

GELONII

GELONII (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydoʻst (1077, Gelon viloyati, Eron — 1166) — fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagʻdodga keladi va juda koʻp olimlardan saboqoladi. Uningxanbaliya mazhabiga oid vaʼzlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik Gelonii Qurʼon tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat koʻrsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dare beradi. Gelonii hanbaliya mazhabida qatʼiy turgan, Muhammad … Читать далее

GURZUVON

GURZUVON, Gurzivon, Jurzuvon — Afgʻonistonning shim. da joylashgan oʻrta asrlardagi tarixiy shahar va viloyat. 10-a. da Gurzuvon — maxalliy xukmdorlarning yozgi qarorgohi. Gurzuvon shahri togʻlar orasida joylashganligi tufayli iqlimi juda sogʻlom va musaffo boʻlgan. 12-a. da mustahkam qalʼaga ega Gurzuvon va uning atrofidagi togʻ dovonlari Makkani eslatgan. 10-a. da Gurzuvonda koʻplab miqdorda yaxshi «nabiz», yaʼni … Читать далее

YETTI IQLIM

YETTI IQLIM — tarixiy-geografik tushuncha. Yerni yunon va Oʻrta asr Sharq fanida mintaqalarga boʻlish usuli. Keng maʼnoda yerning tabiiy, siyosiy va maʼmuriy boʻlinishlari tarixiga ham aloqador. Qadimda Yer sharini yaxlit tasavvur etish bilan birga, uni maʼlum qismlarga ajratib ham oʻrganganlar. Rivoyatlarda Nuh paygʻambar Yer yuzini 3 qismga ajratib, 3 oʻgʻliga — shim. dagi oʻlkalarni Yofasga, … Читать далее

YOSIN

YOSIN — Qurʼon 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Arabcha «yo» va «sin» harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha «yo, inson» iborasining qisqartirilgan shakli deb hisoblaydilar. Bu surada Qurʼonning muqaddas kitob sifatida Alloh tomonidan yuborilgani, unda musulmonlar uchun toʻgʻri yoʻl koʻrsatilgani, Muhammadning paygʻambarligi, uning pandnasihatlariga amal qilgan dindorlar oxiratda Alloh huzuriga qaytib … Читать далее

YAZD

YAZD — Eronning markaziy qismidagi shahar. Yazd ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 327 ming kishi (1997). Transport yoʻllari chorrahasi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qadimdan gilam va shoyi toʻqiladi. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Shahar yaqinidan polimetall rudalar qazib olinadi. Yazd Sosoniylar davri (3—4-asrlar)da qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-asr boshlarida Muzaffariylar davlati poytaxti. Oʻrta asrlarda karvon yoʻlidagi … Читать далее

YoSh TURKLAR

YoSh TURKLAR — 19a. oxiri va 20a. boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi inqilobiy harakat qatnashchilari, «Ittihod va taraqqiy» partiyasi aʼzolari. Yosh turklar (ular dastlab oʻzlarini Yangi usmonlilar deb atashgan)ning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842— 1918)ning istibdodini konstitutsion tuzum bilan almashtirish, Turkiyada ajnabiylar hukmronligiga qarshi kurash va demokratik jamiyat qurish boʻlgan. Ziyo Goʻkalp (1876—1924) Yosh turklarning … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

GʻURIYLAR

GʻURIYLAR — Suriylar xonadoniga mansub Gʻur sultonlari sulolasi (1148 — 1206). Aka-uka Gʻiyosiddin Muhammad (1162—1203) va Shihobiddin (Muʼiziddin yoxud Muhammad Gʻuriy; 1203 — 06) davrida Gʻuriylar hozirgi Afgʻonistonning deyarli barcha hududini, shuningdek, Hindistonning Sind, Panjob, Banoras va b. viloyat va shaharlarini bosib olgan. Gʻuriylar davlatining markazi Gʻur viloyati, poytaxt shaharlari feruzkoʻh va Gʻazni boʻlgan. Xorazmshohlar … Читать далее

DENGIZKOʻL

DENGIZKOʻL — Buxoro viloyati Olot tumanidagi koʻl. Oʻrta asrlarda «Borgini farox», yaʼni «Katta koʻl» deb yuri-tilgan. 10-a. yozma manbalarida Dengizkoʻl «Qorakoʻl», «Buxayrayi Somjan» («Somjan koʻli») nomlari bilan atalgan. 10-a. da arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan Oʻrta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi bilan koʻrsatilgan. Muhammad Narshaxiy (10a.) bu koʻl haqida «kengligi yigirma farsax … Читать далее