GADOIY

GADOIY (taxallusi; asl ismi hozircha nomaʼlum) (1403/04 — 15-a. oxiri) — shoir. Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-a. oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida «charx jafosi», «roʻzgʻor javri»dan figʻon, «gʻurbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, shux va uynoki. Gadoiyning 15-a. 2-yarmi — 16-a. boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan kuchirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan. Devon qulyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Gadoiyning forsiy-dagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning «Radoyif ul-ashʼor» tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiya (1960) va AQSH (1971) da bosilib chiqqan.

As: Sheʼrlar, T., 1965; Devon, T., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x