ISO

ISO, Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, «al-Masih» («xudo yarlaqagan»), Ibn Maryam («Maryamning oʻgʻli»), Abdulloh («Allohning quli»), Rasululloh («Allohning elchisi»), Allohning muqarrabi (yaqini), «Haqni soʻzlovchi», deb taʼriflanadi. Isoga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, Iso — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. Iso — … Читать далее

ZANJILAR QOʻZGʻOLONI

ZANJILAR QOʻZGʻOLONI — Sharqiy afrikalik qullar (zanjilar) n]lnt Irok, va Xuzistondagi qoʻzgʻoloni (869 — 883). Yetakchisi va nazariyotchisi — shia mazhabi targʻibotchisi Ali ibn Muhammad. Qoʻzgʻolonchi qullarga mahalliy dehqonlar va badaviylarning tamim qabilasi ham qoʻshilgan. Qoʻzgʻolonchilar tez orada Obolla, Obodon, Ahvoz, Basra sh. larini egallagan. Ular quldorlar va nazoratchilarni oʻldirib, shaharliklarning mollarini talaganlar, afrikalik qullarni … Читать далее

ISKANDARIYA

ISKANDARIYA, Aleksandriya — MAP shim. dagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996). Mil. av. 332—331-y. larda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y. lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-a. da Iskandariya eng katta … Читать далее

KENESARI QOʻZGʻOLONI

KENESARI QOʻZGʻOLONI — Oʻrta juznpng Rossiyaga tobe qilib olinishiga qarshi olib borilgan milliy ozodlik harakati (1837—47). Rossiya imperiyasi 19-a. boshlaridan eʼtiboran Qozogʻistonni butunlay boʻysundirish tadbirlarini ishlab chiqdi. 1819-y. Oʻrta juz tugatilib, Omsk gubernyasiga qoʻshib yuborildi. 1822-y. qabul qilingan Sibir qirgʻizlari boʻyicha nizom (ustav)ga muvofiq, qozoq jamiyati okrug, boʻlis, ovullarga ajratilib boshqarilgan. Boʻlislar boshida sultonlar oʻtirgan. … Читать далее

ZAYDIYLAR

ZAYDIYLAR — shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar oʻrtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Mu-hammad al-Bokirning sustligidan norozi boʻlgan shialarning ichidan Zayd oʻz tarafdorlarini toʻplab, umaviylar hokimiyatiga qarshi 739-y. da isyon … Читать далее

ZAYD ibn SOBIT

ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Sayd) Zayd ibn Sobit ibn az Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615-taxm. 665) — Muhammad (sav)ning kotibi, Qurʼonning yozma matnini jamlovchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirdi, Muhammad (sav) xuzurida Qurʼonni oʻrgandi va yod oldi. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylandi. Oromiy (suryoniy) xamda yaxudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad … Читать далее

BOBURNOMA

«BOBURNOMA» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; uzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494—1529-y. … Читать далее

GIDROTEXNIKA

GIDROTEXNIKA (gidro… va texnika) — texnikaning suv resurslari (daryo, koʻl, dengiz, okean, yer osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari bilan shugʻullanadigan sohasi. Gidrotexnika fan sifatida gidrologiya, gidrogeologiya, gidravlika, gidromexanika, tuproq mexanikasi, qurilish mexanikasi, muxandislik geologiyasi … Читать далее

BURHONIDDIN MARGʻINONIY

BURHONIDDIN MARGʻINONIY (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy alRishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand) — buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi … Читать далее

BUXORO VILOYATI

BUXORO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Buxoro viloyati xududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Jan. sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shim. garbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shim. va sharqdan Navoiy viloyati, jan. sharqda Qashqadaryo viloyati, jan. garbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). … Читать далее