YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YANGI JANUBIY UELS

YANGI JANUBIY UELS — Avstraliya Ittifoqining jan. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 800,6 ming km2. Aholisi 6,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sidney shahri Mamlakat poytaxti Kanberra shahri ham shtat hududida. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Yirik daryolari: Murrey va uning irmoqdari. Sharqida Katta suvayirgʻich tizma va kambar dengiz boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi kontinental va quruq … Читать далее

YAYLOV YOʻLI

«YAYLOV YOʻLI», «Oltin yoʻli» — Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozogʻiston yaylovlari orqali oʻtib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yoʻlining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yoʻl ham Buyuk ipak yoʻli deb atalmoqda. Yoʻlning «oltin yoʻli» deb atalishi uning qadim zamondagi Oltin togʻ, yaʼni Oltoy togʻ etaklarida joylashgan yaylovlardan oʻtganligi bilan bogʻliqdir. Hun imperiyasi, … Читать далее

YUTA

YUTA — AQSHning gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 219,9 ming km2. Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — SoltLeykSiti shahri Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik … Читать далее

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI

YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI — RF Xabarovsk oʻlkasining jan. gʻarbidagi muxtor viloyat. 1934 yil 7-mayda tashkil etilgan. Amur daryosi boʻyida. Janubiy da Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 36 ming km2. Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga boʻlingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. … Читать далее

YILQICHILIK

YILQICHILIK — chorvachilik tarmogʻi. Otlarni urchitish, koʻpaytirish, zotini takomillashtirish, naslchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Yilqichilik ishchi hayvon tariqasida arzon, samarali energiya manbai. Yilqichilik xilma-xil q. x. ishlarida, sanoat korxonalarida, geologlarning razvedkachilik-qidiruv ishlarida, turli xil ilmiy ekspeditsiya tarkibida, chegara qoʻshinlari va qoʻriqchilik xizmatida noyob ot-ulov vazifasini oʻtaydi. Yilqichilik Osiyo va Yevropada mil. av. 4-ming yillikda paydo boʻlgan. … Читать далее

YER REKULTIVATSIYASI

YER REKULTIVATSIYASI, landshaft rekultivatsiyasi (lot. re — qaytarish, tiklash maʼnosini beradigan old qoʻshimcha; cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va b. sabablarga kura foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Yer rekultivatsiyasi asosiy vazifasi tuproqning buzilgan unumdor … Читать далее

YANGI KALEDONIYA

YANGI KALEDONIYA — Tinch okean ning jan. gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Mayd. 19,1 mingkm2. Aholisi 201,8 ming kishi (1999), asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri Rasmiy tili fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yilda yevropaliklardan J. Kuk borgan. Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan … Читать далее

YUZ

YUZ, juz — yirik oʻzbek qabilalaridan biri. 20-asrning boshlarida Yuzlar Oʻzbekiston va Tojikiston hududida yashagan (60 ming). Yu. larning boshqa oʻzbek qabilalari bilan aralash holda yashab kelgan guruhlari ham mavjud boʻlib, ular mas, qirq Yuz, moʻgʻul Yuz, nayman Yuz, turkman Yuz va boshqalar etnik nomlar bilan atalgan. Yularning etnogenezi qadimiy qipchoq oʻzbeklari bilan bogʻliq. Yuzlar, … Читать далее

YUGAN

YUGAN — chorvachilik anjomi. Aravaga qoʻshiladigan va salt miniladigan harakatdagi hayvonlar (ot, tuya, xachir, eshak)ni boshqarish maqsadlarida qoʻllaniladi. Tasmali tizgin bilan hayvonlar boshiga kiydiriladi. Yugan xom teri, pishiq va yumshoq charm, brezent va boshqalardan hayvon turi va bosh oʻlchamlariga moslab, baʼzan (ayniqsa, otlarga) boʻrtma naqshli bezaklar bilan tayyorlanadi. Пост Навигацияси