YANGI JANUBIY UELS

YANGI JANUBIY UELSAvstraliya Ittifoqining jan. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 800,6 ming km2. Aholisi 6,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sidney shahri Mamlakat poytaxti Kanberra shahri ham shtat hududida. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Yirik daryolari: Murrey va uning irmoqdari. Sharqida Katta suvayirgʻich tizma va kambar dengiz boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi kontinental va quruq iqlim. Yillik yogʻin 1200 — 1500 mm, tekisliklarda 250 mm gacha. Oʻrtacha oylik tralar 10—12° dan 22—26° gacha. Sohil va togʻ yon bagʻirlarida evkalipt oʻrmonlari bor, qolgan qismi savannalardan iborat. Yangi Janubiy Uels mamlakatning aholisi eng koʻp va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtati. Toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin, kumushning yirik konlari bor, shuningdek, rutil konsentrati olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Ekin maydonining katta qismiga bugʻdoy ekiladi. Shuningdek, arpa, suli, makkajoʻxori, shakarqamish va paxta yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilik sut va goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Sidney, Nyukasl, PortKembla kabi yirik portlari bor. Murrey daryosida kema qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x