YUTA

YUTA — AQSHning gʻarbiy qismidagi shtat. Mayd. 219,9 ming km2. Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — SoltLeykSiti shahri Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik yogʻin 250—400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va q. x. yetakchi. Q. x. mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, q. x. jihozlari ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x