BALUJLAR

BALUJLAR (oʻzlarini baluch, baloch deyishadi) — Pokiston (4 mln. kishi) va Eron (1,4 mln. kishi, 1992)dagi xalq. Shuningdek Afgʻoniston, Turkmaniston (28,3 ming kishi, 1989) va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 5,7 mln. kishi (1992). Baluj tilida soʻzlashadi. Balujlar islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Balujlar koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Arab geograflarining maʼlumotlariga … Читать далее

BALIQCHI

BALIQCHI — qishloq. Andijon viloyati Baliqchi tumana markazi. Tumanning shim.-gʻarbiy qismida. Qoradaryo sohilida. Aholisi 18,5 ming kishi (2000). Paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Katta Fargʻona kanalidan suv ichadi. Umumiy taʼlim maktablari, tibbiyot punkti bor. Loading… Пост Навигацияси Previous PostBALIQLITOV Next PostBALIQCHI QOʻLTIGʻI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее

BADAY

BADAY — urugʻ nomi. Asosan Xiva xonligi hududida yashab, Amudaryo boʻylarida chorvachilik bilan shugʻullangan. 19-a. ning birinchi choragida Surxon vodiysiga, Bekoboddan Zomin dashtlarigacha tarqalgan. Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani shim.-gʻarbida, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida uz. 20 km, eni 4—5 km boʻlgan toʻqayni hozir ham Badaytoʻqay deyishadi. Пост Навигацияси

BUGʻU

BUGʻU — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular 19-a. oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik b-n shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855-y. da Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913-y. da 11 mingdan oshiq … Читать далее