BOSHQIRDISTON

BOSHQIRDISTON (Bashkortostan), Bashkortoston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning Yevropa qismida, Jan. Uralda, Uraloldi va Uralortidagi tekisliklarda joylashgan. Mayd. 143,6 ming km2. Aholisi 4 mln. 110,3 ming kishi (1999). Boshqirdistonda 54 tuman, 20 shahar va 41 shaharcha bor. Poytaxti — Ufa sh. Davlat tuzumi. Boshqirdiston — respublika. Amaddagi Konstitutsiyasi 1993-y. 24dek. da qabul qilingan. … Читать далее

YASOQ

YASOQ (moʻgʻulcha dzasaq — qonun; jazolash) — 1) 1206 yil Chingizxon buyuk qurultoyda ulugʻ xon etyb saylanganda eʼlon qilingan qonunlar majmuasi; oʻrta asrlar moʻgʻul huquqi toʻgʻrisidagi asosiy manba (q. Chingizxon yasosi); 2) Moʻgʻullar davlatida (13—15-asrlar) mavjud qonunqoidalarni buzgan, ularga itoat qilmagan shaxslarga beriladigan jazo. Tarixiy obidalarda qayd etilishicha, Yasoqqa tortilgan jinoyatchilar aksariyat qatl etilgan; 3) … Читать далее

SAYFIDDIN BOHARZIY

SAYFIDDIN BOHARZIY (1190.8.9. Xurosonning Boharz qishlogʻi — 1261.20.10, Buxoro) — kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mutasavvif va shayx. Hirot va Nishopur madrasalarida tahsil olgan. Makka va Madinaga safar qilgan. Keyinchalik Xorazm va Buxoroda muqim yashagan. Koʻhna Urganchda Najmiddin Kubrossh tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan va uning xalifasi sifatida keyinchalik kubroviylik tariqatini rivojlantirgan. Sayfiddin Boharziydan kubroviylikning hind shoxobchasi — … Читать далее

ROSSIYA

ROSSIYA, Rossiya Federatsiyasi (RF) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shim. da joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon … Читать далее

OLGERD

OLGERD (Algirdas, Algirdas) — Litva buyuk knyazi (1345—77). Gedimin ugli. Litva buyuk knyazligi hududini kengay-tirish uchun kurashgan. Tevton ordeni (1348, 1370), Oltin Oʻrda (1363) ustidan gʻalaba qozongan, gʻarbiy rus yerlarining bir qismini qoʻshib olgan. Tver knyazligini qoʻllab-quvvatlagan va 3-marta (1368, 1370, 1372) Moskvaga muvaffaqiyatsiz yurish qilgan. Пост Навигацияси

TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG

TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG (1395-y., 15—17 apr.) — Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori Tyxmamishxon qoʻshinlari oʻrtasida Shim. Kavkazdagi Terek daryosi boʻyida, Noʻgʻay dashtida sodir boʻlgan jang. Amir Temur 250 ming atrofidagi qoʻshinini 7 qoʻlga boʻlib, janggohga joylashtirgan. Markazda asosiy qoʻl, uning oldida bosh hiravul (mangʻlay), ortida esa chagʻdavul (aryergard) turgan. Qoʻshinning oʻng va soʻl … Читать далее

TOʻRABEKXONIM MAQBARASI

TOʻRABEKXONIM MAQBARASI, Soʻfilar sulolasi maqbarasi — Koʻhna Urganchsagi meʼmoriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlugʻ Temur xotini, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qizi Toʻrabekxonim nomi bn bogʻlangan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali moʻjaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga oʻtiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar … Читать далее

SOʻM

SOʻM — 1) eng qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida «S» pul solingan qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan. 14-a. da Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib, muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi) ni ifodalagan. 1920y. larda, OʻzSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan «soʻm» … Читать далее

TEMUR TUZUKLARI

«TEMUR TUZUKLARI» — Amir Teldoning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. «Tuzuki Temur» va «Tuzukoti Temur» nomlari bilan atalgan. Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida «Temur tuzuklari»ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N. D. MikluxoMaklaylar … Читать далее

TOʻQTAYXON

TOʻQTAYXON, Toʻxta (? taxm. 1312) — Oltin Oʻrda xoni. Botuxonning nabirasi Mangu Temur va Oʻljoy xotunning oʻgʻli. 1288-y. Oʻrdadagi hokimiyatni idora qilayotgan amakivachchalari tomonidan kuvilgan. Toʻqtayxon panoh izlab Noʻgʻay oldiga borgan, u T. ning raqiblarini makkorlik bn huzuriga chaqirtirib qatl etgan va xonlik taxtiga Toʻqtayxonni oʻtqazgan (1291). Biroq oz fursatdan soʻng, Toʻqtayxon bn Noʻgʻay orasida … Читать далее