HOJI GARAY

HOJI GARAY, Davlat Hoji Garay (? — 1466, Boqchasaroy) — Krim xonligi va garaylar sulolasi asoschisi. Dastlab Oltin Oʻrdaga tobe boʻlgan Qrim xonligini boshqargan (1428-y. dan). Oʻzaro urushlar natijasida taxtdan ayrilgan. Soʻngra Qrimga qaytib (1432), genuyaliklarning qoʻshinini tor-mor qilgan va taxtni qayta egallagan (1434). Biroq Qozon xonligi asoschisi Ulugʻ Muhammad qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uch-rab, Litvaga … Читать далее

SAYFI SAROYI

SAYFI SAROYI (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishlogʻi — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda moʻgʻullar istilosi davrida yashagan, oʻz vatanini tark etishga majbur boʻlgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin Oʻrda (Saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq ogʻzaki poetik ijodini mukammal oʻrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va … Читать далее

KULIKOVO JANGI

KULIKOVO JANGI — Nepryadva va Don daryolari oraligʻida joylashgan Kulikovo maydonidagi jang (1380-y. 8 sent.). Bu jang Moskvaning buyuk knyazi Dmitriy Ivanovich (1350—89) boshchiligidagi rus polklari bilan Oltin Oʻrda tumanboshisi Mamay rahbarligidagi moʻgʻul qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan. Kulikovo jangida koʻplab rus knyazlari oʻz jangchilari bilan qatvashgan (taxm. 150 ming kishi). Avval boshda moʻgʻul qoʻshini ruslarni iskanjaga … Читать далее

SIBIR XONLIGI

SIBIR XONLIGI — 15-a. oxirlarida tashkil topgan davlat. 1495-y. Tyumen xoni Iboq oʻldirilganidan keyin, uning avlodi Taybugʻo Maxmet (Mahmudak) tatar uluslari siyosiy ittifoqiga bosh boʻldi va xonlikni oʻzining asosiy qarorgohi — Sibir (Qishliq) nomi bilan atadi. Volga boʻyidagi Oltin Oʻrda davlati ichki va tashqi urushlar orqasida zaiflashib va parchalanib ketdi. Natijada birbirlaridan mustaqil Astraxon, Qozon, … Читать далее

NOʻGʻAY

NOʻGʻAY (13-a. ning 1-yarmi — 1300) — Oltin Oʻrda tumanboshisi, Joʻjixonning evarasi. Berkaxon qoʻshini qoʻmon-doni sifatida Huloku va uning vorislariga qarshi bir qancha yurishlar qilgan. Janglardan birida bir koʻzidan ajralgan. Berkaxon vafotidan soʻng Oltin Oʻrdada Noʻgʻayning obroʻ-eʼtibori tez ortib borgan. Dondan Dunaygacha boʻlgan ulkan hudud Noʻgʻay nazorati ostida boʻlgan. 13-a. ning 70-y. laridan oʻz tasarrufidagi … Читать далее

SIBIR

SIBIR — RF Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy oʻlka. Gʻarbda Ural togʻlari, sharqsa Tinch okean suvayirgʻichi togʻ tizmalarigacha va shim. da Shim. Muz okeani qirgʻoqlaridan, jan. da Qozogʻistonning sertepa dashtlari hamda Mongoliya va Xitoy chegarasigacha davom etadi. Shim. dan janubga 3500 km, gʻarbdan sharqqa 7000 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Mayd. 10 mln. km2. Sibir … Читать далее

JONIBEK

JONIBEK (7-1357) – Oltin Oʻrda xoni (1342—57), Oʻzbekxonning ikkinchi oʻgʻli. Rus va Litva knyazlarining ichki ishlariga aralashgan. Moskvaning ulugʻ knyazlari Semyon Ivanovich Gordiy va Ivan II Ivanovich Krasniy Jonibekga qaram boʻlishgan. Jonibek oʻz hukmronligi davrida Jan. Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshish uchun kurashib Tabrizni egallagan (1356) va u yerda oʻgʻli Berdibekni hokim qilib qoldirgan. Jonibek oʻz … Читать далее

HASAN QAYGʻI

HASAN QAYGʻI, Asan Qaygʻi (toʻliq ismi Hasan Sobit uli) |taxm. 1370— 1465, Sariarqa (Ulitov)] — qozoq shoiri, usta jirov. Ijodi Xorazm oʻzbeklari, qoraqalpoq va qozoqlari orasida keng tarqalgan. Oltin Oʻrda xonlaridan Ulugʻ Muham-mad saroyida xizmat qilgan. Ulugʻ Muhammad vafotidan soʻng Dashti Qipchoqqa qaytgan. Hasan Qaygʻining sheʼrtoʻlgʻovlari hozirgacha xalq orasida mashhur. Ularning aksariyati soʻnggi davrlarda yozib … Читать далее

TURKIY TILLAR

TURKIY TILLAR — hoz. va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Uzbekistan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va b. bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 mln. kishidan ortiq. … Читать далее

BERENDEYLAR

BERENDEYLAR — rus yilnomalarida 11-a. dan 12-a. oxiriga qadar tilga olingan turkiy koʻchmanchi qabila. B. nomi baʼzi tarixchilar (S. Pletneva) fikriga koʻra «boyandurlar» nomining ruscha notoʻgʻri atalishidir. 11-a. ning 2-yarmida Berendeylar boshqa turkiy xalklar (bijanaklar, torklar) bilan birga rus yerlarining jan. r-nlariga (Kiyev, Pereyaslav knyazliklariga yaqin) kelib joylashib olgan. Taxm. 1146-y. da bular bitta qabilaga … Читать далее