MUSAYLIMA

MUSAYLIMA (asl ismi Maslama, 634-y. v. e.) — Arabiston ya. o. da Muhammad paygʻambar vafotidan keyin pay-gʻambarlikni daʼvo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Banu xanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr davrida u mutanabbiylar (soxta paygʻambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu kabilaga qarshi jangida halok boʻlgan. Пост Навигацияси

MUHAMMAD SO-DIK KOSHGʻARIY

MUHAMMAD SO-DIK KOSHGʻARIY (Qashqariy) (1740— Qashqar — 1849) — tarixchi, faylasuf, tilshu-nos olim, adib va shoir. Qashqardagi «Sochiya» madrasasida dunyoviy va diniy ilmlar, arab, fors tillari, sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. Muhammad So-Dik Koshgʻariy «Tazkirai azizon» («Azizlar tazkirasi») (1768-69), 1844-y. da yozilgan «Tazkirai Asʼhob ul-qahf» («Gʻor egalari tazkirasi») va «Risolai kasbdor» («Kosiblar risolasi») kabi asarlar … Читать далее

MUQOM

MUQOM (maqom soʻzidan) — uygʻur mumtoz musiqasining asosiy janri. Rok, Chabbiyat, Mushovirak, Charigyah (Chorgoh), Panjigyax, Oʻzhol (Uzzol), Ajam, Ushshak, Bayot, Nava, Sigyah va Iroq deb nomlanuvchi 19-a. da shakl topgan 12 Muqom turkumi mavjud. Muqom larning har biri muayyan mavzu bilan bogʻliq cholgʻu, ashula va raqs kuylari turkumidan iborat yirik shakldagi asarlardir. Har bir Muqom … Читать далее

MUJTAHID

MUJTAHID (arab. — intiluvchi, gʻayrat qiluvchi) — oʻrta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega boʻlgan, yaʼni mustaqil ravishda liniy aqidaviy va huquqiy masalalar boʻyicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar Mujtahidlar deb ataladi. Islom ulamolari ittifoqiga koʻra, Muhammad (as)ning koʻp sahobalari ham … Читать далее

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI, Dukchi eshon, Madali eshon (1856, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1898.12.6, Andijon) — Andijan qoʻzgʻoloninng rahbari. Oʻrta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xalfa oilasida tugʻilgan. Ajdodlari asli qashqarlik boʻlgan. 10 yoshlarida ota-onasi bilan Mingtepa (hoz. Andijon viloyati Marhamash tumanы hududi) yaqinidagi Tojik qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Muhammadali xalfa sobir oʻgʻli S. … Читать далее

MUHAMMAD BUXORIY

MUHAMMAD BUXORIY (toʻliq nomi Muhammad Said binni Mirzo Buxoriy, 17-a.) — musavvir; Kamoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandsh anʼanalarining davomchisi. Muhammad Buxoriy yaratgan miniatyuralar adabiy asarlarning, tasviriy bayoni boʻlishi bilan birga mahalliy xalqning koʻchmanchilik turmushi, qishloq hayotining badiiy ifodasi sifatida ham qimmatli. Jumladan, Oʻzbekiston FA Sharqshu-noslik intida saqlanayotgan Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoniga ishlagan … Читать далее

MUHAMMAD

MUHAMMAD, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi «sallalohu alayhi … Читать далее

MOZORI SHARIF MADRASASI

MOZORI SHARIF MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1882). Muhammad Rahimxon 11 (Feruz) buyrugi b-n usta Qalandar Kochim qurgan. Madrasa (28,6×15,8 m) bir qavatli, bosh tarzi jan. ga qaragan. Peshtogʻi yashil rangli sirkor koshinlar bilan «bantak» uslubida bezatilgan. Darvozasi va uning tepasidagi toʻsin yogʻoch oʻymakorligida ishlangan. Bosh tarzidagi xocheimon gumbazli miyonsaroy opkali hovliga oʻtiladi. Hovli (11,6×6,2 … Читать далее

MIKOIL

MIKOIL, Mekoil — islomda 4 bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼ-anada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil bilan birga Odamatoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Musulmonlarga Badr jangise. boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan. Пост … Читать далее

MAHMUDBIY

MAHMUDBIY, Mahmud Qatagʻon (taxm. 17-a. 1-yarmi — 18-a. boshi) — ashtarxoniylar davridagi nufuzli amaldor, otaliq. Toxariston (1683-y. dan), Balx va Badaxshon hokimi (1688-y. dan). M. Movarounnahrning 17-a. 1-yarmidagi ijtimoiysiyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. Imomqulixon davrida (1611— 42) Qunduz M. ning yurti va Toxaristonning Toliqon, Kishm kabi tumanlarini birlashtirgan mulk markaziga aylangan. Mahmudbiy otaliq davrida Ishkamish … Читать далее