SEPSIS

SEPSIS (yun. sepsis — chirish, irish) (qonga mikroblar kirishi, umumiy yiringli infeksiya, qonga yiring tushishi) — yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infeksiya oʻchogʻidan qon oqimiga, limfa yoʻllariga, ulardan esa bemorning hamma toʻqima va aʼzolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallik. Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (chipqon, xoʻppoz, flegmona va b.) S. manbai boʻlishi … Читать далее

SIL

SIL, tuberkulyoz — turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882-y.) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida xam taʼriflangan. Sil bilan odamlardan tashqari, … Читать далее

CHILLA DAVRI

CHILLA DAVRI — tugʻruqtn (yoʻldosh tushgandan boshlab) keyingi 6 — 8 haftagacha boʻlgan davr. Tugʻruqdan keyingi birinchi soatlar (1 sutkagacha) esa ilk chilla davri hisoblanadi. Bu muddatda koʻp qon ketish holatlari kuzatiladi, shu sababli alohida eʼtibor va kuzatuv talab etiladi. Xalq tabobatida Chilla davri 40 kun hisoblanib, shundan 20 kuni kichik chilla, 20 kuni katta … Читать далее

JAROHAT

JAROHAT — gavda toʻqimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, koʻpincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, boʻgʻim, ichki aʼzo va gavda boʻshliklarining butunligiga putur yetishi). Toʻqimaning ogʻrishi, qonashi va ochilib qolishi Jarohatning asosiy belgilaridir. Paydo boʻlish sharoitiga qarab xirurgik (operatsion) Jarohat, jangda yaralanish va tasodifiy Jarohat ajratiladi; jarohatlovchi qurol qanday shikact yetkazganligiga qarab, kesilgan, sanchilgan, … Читать далее

NEFRIT

NEFRIT (yun. nephros — buyrak) buyrak tuzilmalarining yalligʻlaniish b-n kechadigan kasalliklar guruhi. H.ia glomerulonefrish, piyelonefrit, tubulointerstitsial, irsiy, nefrotik sindrom va b. kiradi. Nefrit rivojlanishiga bir qancha patogen mikroorganizmlar (bak teriya, viruslar), organizmning son qotishi, immun yetishmovchiliklar va b. sabab boʻladi. Nefrit, asosan, immun sistema bilan bogʻliq kasallik. Kasalliknish rivojlanish mexanizmiga kura, immun-birikmali va autoimmun Nefrit … Читать далее

IMMOBILIZATSIYA

IMMOBILIZATSIYA (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-xarakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek, operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun Immobilizatsiya qoʻllaniladi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok … Читать далее

SOʻZAK

SOʻZAK, gonoreya, tripper — gonokokklar qoʻzgʻatadigan yuqumli venerik kasallik. Koʻpincha, tasodifiy jinsiy aloqa qilish oqibatida kelib chiqadi. Kasallik, asosan, jinsiy yoʻl bilan yuqqanligi uchun aksariyat siydik chiqarish kanali va jinsiy aʼzolar zararlanadi. Infeksiya manbai Soʻzak bilan ogʻrigan erkak yoki ayol. Jinsiy aloqada gonokokklar jinsiy aʼzolar va siydik chiqarish kanalining shilliq qavatiga tushib, uni yalligʻlantiradi. Baʼzan … Читать далее

BAKTERIAL KASALLIKLAR

BAKTERIAL KASALLIKLAR, bakteriozlar (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarda bakteriyalar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar taʼsirida oʻsimlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, toʻqima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi oʻzgaradi. Gʻoʻza, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, bodring, piyoz, sabzi, gʻalla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va q. x. ga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish (toʻqimalarning yumshab, qurishib, … Читать далее

BRUTSELLYOZ

BRUTSELLYOZ, malta isitmasi, qora oqsoq — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik; B. ni brutsella bakteriyalari qoʻzgʻatadi, ular tashqi muhitda (suv, tuproq, teri va h. k.) bir necha oy saqlana oladi; dezinfeksiyalovchi vositalarda bir necha minutda nobud boʻladi. Brutsellalar kasal hayvonning suti, siydigi, goʻngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, ular shu hayvonning goʻshtida ham boʻladi. … Читать далее

VIRUSLI GRANULYOZ

VIRUSLI GRANULYOZ — hasharotlar, ayniqsa kapalaklarning virusli kasalligi. Kasallikni Bergoldiavirus turkumiga mansub virus qoʻzgʻatadi. Kasallik toʻqima xujayralaridagi virusning tarkibiy qismi-granula yoki donachalarning boʻlishi (tashqi koʻrinishidan bakteriyalar sporasiga oʻxshaydi) bilan aniqlanadi. Kuzgi tunlam V. g. i «soxta sariq» deb nomlanadi va u koʻrinishidan ipak qurtining sariq kasalligiga juda oʻxshaydi. Kuzgi tunlam barcha rivojlanish davrida Virusli granulyoz … Читать далее