BACHADON

BACHADON — 1. Ayollarning ichki jinsiy aʼzosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak aʼzo boʻlib, mus-kullardan tuzilgan va kichik chanoq boʻshligʻida qovuq bilan toʻgʻri ichak orasida joylashgan, shakli toʻnkarilgan nokka oʻxshaydi. Uning tanasi, tubi va boʻyni boʻladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi toʻgri … Читать далее

SKARLATINA

SKARLATINA (lot. scarlatum — och qizil rang) — aksariyat bolalarda uchraydigan infeksion kasallik. Isitma, umumiy intoksikatsiya, murtak bezlari va tomoqning yalligʻlanishi, teriga mayda toshmalar toshishi va h. k. bn kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi A guruhiga mansub gemolitik streptokokklar. Kasallik manbai — bemor, shuningdek, boshqa streptokokkli infeksiya (angina, faringit)lar bilan ofigan kishilar. Infeksiya havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Baʼzi … Читать далее

SIZLOGʻICH

SIZLOGʻICH, follikulit tuk (soch) xaltachasi ogʻzi (follikula)ning yiringli yalligʻlanishi. Stafilokokklar qoʻzgatadi. Teri tozaligi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, terining tirnalishi va chaqalanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, A va S vitaminlar yetishmasligi, koʻp terlash va boshqalar Sizlogʻichga sabab boʻladi. Faqat yuzdagi soch xaltachasi (q. Soch) yalligʻlanganda sikoz roʻy beradi va surunkali kechadi. Terining tukli qismida: … Читать далее

SASSIQ TUMOV

SASSIQ TUMOV, ozena burun boʻshligʻining surunkali kasalligi. St., odatda, burun chigʻanoqlari shilliq pardasi va suyak skeletining juda yupqalashib ketishi (atrofiya) va burun shilliq pardasidan ajralib, tezda qaloqqa aylanuvchi badboʻy quyuq shilimshiqchiqishi bilan kechadi. (q. Burun). Bunda burundan nafas olish qiyinlashadi, burun va tomoq qichiydi, yoʻtal paydo boʻladi, hid bilish pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi. Atrofiya koʻz … Читать далее

ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI

ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQSHda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-y.). Bu … Читать далее

TIRNOQ

TIRNOQ, changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxeimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil boʻladi. Tirnoq barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. Tirnoq oʻrnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matritsa deyiladi, shu matritsa hujayralarining koʻpayishi tufayli Tirnoq uchiga qarab astasekin oʻsib boradi. Tirnoq bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 … Читать далее

SHANKR

SHANKR (frans. chancre — yara) — infeksiya tushgan joyda vujudga keladigan yara yoki eroziya; bipolyar Shankr — bir vaqtning oʻzida ham jinsiy aʼzolarda, ham terining boshqa joylarida rivojlanadigan qattiq shankr (yana q. Zaxm). Пост Навигацияси

SHISh

SHISh — organizm toʻqimalari va boʻshliqlarida koʻp miqdorda suyuqlik toʻplanishi. Koʻpincha bu holat terida, teri osti yogʻ qavatida, plevral va qorin boʻshliqlarida, yurak oldi xaltachasida, moyak va h. k. da kuzatiladi. Shish suyuqligi suv, natriy va kaliy tuzlari, birmuncha miqdorda oqsil hamda leykotsitlardan iborat. Leykotsitlar, ayniqsa, yalligʻlanishga xos Shish larda koʻp boʻladi. Kapillyar tomirlar orqali … Читать далее

OSTEOMIYELIT

OSTEOMIYELIT (osteo… va yun. myeolos — magʻiz, koʻmik) — koʻmikning yalligʻlanishi. Bunda yalligʻlanish jarayoni hech qachon koʻmik bilan cheklanmay, suyakning qattiq (kompakt) qismiga va pardasi (periost)ga tarqaladi (q. Periostit). O. koʻpincha, odam skeleti gʻovak suyaklarining boʻgʻimga yaqin joyida uchraydi. Yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) koʻpincha Osteomiyelitga (nospetsifik Osteomiyelit) sabab boʻladi. Mikroblar suyak toʻqimasiga uzoqdagi yiring oʻchogʻidan, … Читать далее

JINSIY GIGIYENA

JINSIY GIGIYENA — jinsiy aʼzolar kasalliklaridan, shuningdek, venerik kasalliklardan saqlanish, tugʻiladigan farzandning sogʻlom, oilaning mustahkam boʻlishini taʼminlash maqsadida koʻriladigan tadbirlar. Erkaklarning jinsiy gigiyenasi jinsiy aʼzolarni toza tutish, venerik kasalliklar yuqishining oldini olish uchun tasodifiy jinsiy aloqalardan oʻzini tiyish va h. k. dan iborat (q. Jinsiy tarbiya). Jinsiy aʼzolarni har kuni iliq suvda sovunlab yuvish, oʻgʻil … Читать далее