SALPINGIT

SALPINGIT (yun. salpinx nay) bachadon (Fallopiy) nayining yalligʻlanishi; odatda, tuxumdonning yalligʻlanishi (ooforit) bilan birga kechadi. Nayga soʻzak, sil infeksiyasi va b. mikroblar tushishi natijasida roʻy beradi. Infeksiya koʻpincha bachadondan yoki qon va limfa orqali kiradi. Dastlab bachadon nayining shilliq qavatlari, keyinchalik boshqa qavatlari ham yalligʻlanadi. Bachadon nayi berkilib qolishi yoki chandiklanishi mumkin. Salpingit koʻpincha bachadondan … Читать далее

TERI KASALLIKLARI

TERI KASALLIKLARI — odam va hayvonlar organizmidagi shilliq qavatlar, teri hamda uning hosilalari (soch, tirnoq) patologik oʻzgarishi bilan ifodalanadigan kasalliklar guruhi. Odamda uchraydigan Teri kasalliklari toshma toshishi, dogʻ, pufakcha, tuguncha, qipiqlanish, yaralanish, terining shilinishi, yorilishi va b. tarzida namoyon boʻladi. Tashqi muhitdagi har bir fizik va kimyoviy omillar terida turli yalligʻlanishlar (dermatitlar) paydo boʻlishiga olib … Читать далее

SUYAK SINISHI

SUYAK SINISHI — shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h. k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kucheiz tashqi taʼsir tufayli yuz … Читать далее

MASTIT

MASTIT (yun. mastos — koʻkrak, siyna) — odam sut bezining yalligʻlanishi; kasallik aksariyat tuqqan ayollar va xrmiladorlarda kuzatiladi. Ahyonda chaqaloqlarda, erkaklarda ham uchraydi. Mastitga stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi va b. sabab boʻladi. Ayol organizmidagi surunkali yalligʻlanish kasalliklarida infeksiya gematogen (qon orqali) yoki limfogen (limfa orqali) yoʻl bilan oʻtishi ham mumkin. Koʻkraqsa sut turib qolishi (laktostaz), … Читать далее

KUYDIRGI

KUYDIRGI — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. Kuydirgi qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin. O d a m g a … Читать далее

KOLIBAKTERIOZ

KOLIBAKTERIOZ, esherixioz, kolibatsillyoz, kolisepsis, kolienterit — yosh hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik. Kasallik bilan buzoqlar, choʻchqa bolalari, qoʻzi, parrandalar kasallanadi. Yangi tugʻilgan hayvonlarda patogen ichak tayoqchalari oshqozon-ichak organlarini zararlab, kuchli ich ketishi b-n kechadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi patogen ichak tayoqchasi (Escherichia soP)ning turli serotiplaridir. Homilaning ona qornida rivojlanishidagi oʻzgarishlar, boʻgʻoz hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, parvarish qilishda … Читать далее

SISTIT

SISTIT (yun. — qovuq) — qovuqnkt yalligʻlanishi. Qovuqqa turli infeksiyalar tushishi oqibatida roʻy beradi. Paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi, kelib chiqishi boʻyicha spetsifik (soʻzak, sil sistiti) va nospetsifik Sistit farqlanadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Birlamchi Sistit boshqaaʼzolardagi infeksiya yuqori siydik yoʻllari yoki uretradan qon va limfa yoʻllari orqali qovuqqa oʻtishi natijasida paydo boʻladi. … Читать далее

BAROTERAPIYA

BAROTERAPIYA (baro… va terapiya) — davolash maqsadida yuqori yoki past (odatdagiga nisbatan) havo bosimidan foydalanish. Umumiy Baroterapiya barokamerada oʻtkazilib, unga bir yoki bir necha bemor joylashtiriladi va unda kislorod, havo yoki boshqa kislorodi bor gazli aralashmaning oshirilgan yoki pasaytirilgan bosimi vujudga keltiriladi. Nafas yetishmovchiligi, yurak-tomir kasalliklari, gangrena, shok, koʻp qon yoʻqotish, shuningdek miyaga qon quyilishi … Читать далее

CHILLADAGI SEPTIK KASALLIKLAR

CHILLADAGI SEPTIK KASALLIKLAR — chilla davriaa uchraydigan infeksion kasalliklar. Bularni xilmaxil mikroorganizmlar — stafilokokk, streptokokk, ichak tayoqchasi, pnevmokokk, klebsiyella, koʻk yiring tayoqchasi, gonokokk, anaerob qoʻzgʻatuvchilar va h. k. qoʻzgʻatadi. Soʻnggi yillarda Chilladagi septik kasalliklarga xlamidiyalar, zamburugʻlar, viruslar koʻproq sabab boʻlmoqda. Qoʻzgʻatuvchilar jinsiy yoʻllarga aksariyat ogʻir kechgan tugʻrukda (ayniqsa, operatsiya qilib tugʻdirishda) vujudga kelgan jarohatlar orqali, … Читать далее

ChECHAK

ChECHAK, chin chechak — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Oʻtmishda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan boʻlib, u haqdagi dastlabki maʼlumotlar Kds. Misr va Xitoy qoʻlyozmalarida uchraydi, keyinroq yunon va rimlik vrachlarning asarlarida qayd etilgan. Oʻrta asrlarda Roziy «Chechak va qizamiq haqida kitob» («Kitob aljudariy valhasba») nomli asar yaratib, tibbiyot tarixida birinchi marta Chechakni … Читать далее