IMMOBILIZATSIYA

IMMOBILIZATSIYA (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-xarakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek, operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun Immobilizatsiya qoʻllaniladi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok va infeksiya tushishining oldini olishda, bemorning tezda sogʻayib ketishida Immobilizatsiyaning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) Immobilizatsiya qilinadi. Vaqtincha Immobilizatsiya suyak singanda va b. ogʻir shikastlanishlarda birinchi yor-dam koʻrsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha Immobilizatsiya uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, Bogdanov va h. k.), shuningdek, qoʻl ostida bor boʻlgan faner, taxta va b. materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shinalash — vaqtincha Immobilizatsiyaning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan soʻng vaqtincha Immobilizatsiya doimiy Immobilizatsiya b-n almashtiriladi (q. Suyak si-nishi, Suyak chiqishi). Davo Immobilizatsiyasi gips bogʻlov, tortib qoʻyish, ortopedik moslama, korset va b. yordamida kilinadi. Singan suyak boʻlaklarini jarroxlik yoʻli bilan biriktirib qoʻyish uchun maxsus vint, plastinka va b. qoʻllaniladi. Taxtakachlash xam Immobilizatsiyaga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x