VIRUSLI GRANULYOZ

VIRUSLI GRANULYOZ — hasharotlar, ayniqsa kapalaklarning virusli kasalligi. Kasallikni Bergoldiavirus turkumiga mansub virus qoʻzgʻatadi. Kasallik toʻqima xujayralaridagi virusning tarkibiy qismi-granula yoki donachalarning boʻlishi (tashqi koʻrinishidan bakteriyalar sporasiga oʻxshaydi) bilan aniqlanadi. Kuzgi tunlam V. g. i «soxta sariq» deb nomlanadi va u koʻrinishidan ipak qurtining sariq kasalligiga juda oʻxshaydi. Kuzgi tunlam barcha rivojlanish davrida Virusli granulyoz bilan zararlanadi. Infeksiya zararkunanda organizmiga ovqat b-n birga kiradi. Virusli granulyozdan mikrobiologik himoya usulida foydalaniladi.

Granulyoz virusi asosida virin-OS preparati (ipak qurti uchun beziyon) ishlab chiqilgan. Preparatni oziqlanish davrida kuzgi tunlamga qarshi qoʻllash mumkin. Zararkunandani 80—90% gacha nobud qiladi. Titri 1 g da 4 mlrd. granula bulgan suspenziya ekinlarga purkaladi. Suspenziya sarf normasi 100 g/ga; ish suyuqligi 200 l/ga.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x