ONIXIYA

ONIXIYA (yun. onyx, onychos — tirnoq) , onixoz — qoʻl-oyoq tirnoklarining kasalligi; bunda tirnoq plastinkasining rangi uzgarib, rang-barang dogʻ va hoshiyalar paydo buladi, tirnoqning shakli uzgaradi, qalinla-shadi yoki yupqalashadi, yuzi gʻadir-bu-dir boʻlib qoladi, kundalangiga yoki uzunasiga ketgan egatlar vujudga kelib, tirnoq joyidan kuchadi. Onixiya tugʻma boʻlishi yoki turli sabablar bilan (mas, tirnoq plastinkasi yoki tirnoq … Читать далее

BOLALAR KASALLIKLARI

BOLALAR KASALLIKLARI — asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlangʻich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va oʻsmirlik yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) … Читать далее

QISHLOQ VRACHLIK PUNKTI

QISHLOQ VRACHLIK PUNKTI (QVP) — davolash-profilaktika muassasasi, maʼlum hududga biriktirilgan aholiga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-y. 21 may «Qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishning 1996 — 2000-y. larga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi 182-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1996-y. 30-may 464-sonli buyrugʻiga asosan tashkil qilingan. Shunga koʻra, QVP 1500 va undan ortiq … Читать далее

KOʻPAYISH

KOʻPAYISH (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ Koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp … Читать далее

QORAYISH

QORAYISH, terining qorayishi — odam terisining quyosh nuri yoki sunʼiy manbalar (simobli kvars lampalari) taʼsirida qoramtir tus olishi, badanning toblanishi; bunda ultrabinafsha nurlar taʼsirida terining muguz qavatida melanin pig-menti toʻplanadi va teri qoramtir tusga kiradi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida organizmda nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini kuchaytiradigan, biologik faol moddalar hosil boʻladi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, … Читать далее

LIMFA

LIMFA (lot. lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tu-gunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qrn plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyukdik. Organizmda Limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va … Читать далее

IMPOTENSIYA

IMPOTENSIYA (lot. impotentia — kuchsiz, zaif) , jinsiy zaiflik — erkakning jinsiy aloka qilishga bequvvatligi; raso jinsiy aloqa kila olmaslik. Bunda jinsiy funksiya — jinsiy mayl, ereksiya (jinsiy olat, yaʼni zakar tarangligi), eyakulyatsiya (urugʻ otilishi) yoki orgazm (xush yoqish sezgisi) buzilishi mumkin. Impotensiyaning sabablari jinsiy aʼzolar, endokrin sistema, periferik nervlar va bosh miya oliy boʻlimlari … Читать далее

QALQONSIMON BEZ

QALQONSIMON BEZ — odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15—20 g gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8—9 oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻyinda, … Читать далее

DIATEZ

DIATEZ (yun. diathesis — moyillik) — organizmda moddalar almashinuvi jarayonining tugʻma nuqsoni, unda organizm funksiyalari va moddalar almashinuvi surunkali beqaror holatga keladi, bu esa oʻziga xos patologik reaksiyalar va kasalliklarda namoyon boʻladi. Diatezning kelib chiqishi vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va odam konstitutsiyasi bilan bogʻliq. Tashqi muhit sharoiti yomonlashganda (ovqatlanish rejimi buzilganda, organizm kasallanganda), … Читать далее

ICHKI AʼZOLAR

ICHKI AʼZOLAR — odam va hayvonlarning, asosan, koʻkrak va qorin boʻshligʻidagi aʼzolari. Ichki aʼzolarga yurak-tomir sistemasi, nafas, hazm aʼzolari, ayirish va ichki jinsiy aʼzolar, shuningdek, ichki sekretsiya bezlari kiradi. Ichki aʼzolarni anatomiyapkt maxsus boʻlimi — splanxnologiya oʻrganadi. Пост Навигацияси