IQBOL

IQBOL Muhammad (1873 yoki 1877.22.2, Sialkot — 1938.21.4, Lohur) — hind shoiri, faylasuf. Urdu va fors tillarida ijod qilgan. Sialkot, Lohur kollejlarida taʼlim olgan. 1905—08 y. larda Angliya va Germaniya un-tlarida oʻqigan. Ilk sheʼr («Yetim nolasi», 1899) va doston («Himolay», 1899)laridayoq insonni, tabiatni, xalq dar-di va kayfiyatini kuylaydi. «Eronda tasavvufning taraqqiyoti» (1908) asarida Sharq falsafasi … Читать далее

ICHAN QALʼA

ICHAN QALʼA — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, … Читать далее

NUH ibn MANSUR

NUH ibn MANSUR, amiri Rashid (963 — Buxoro — 997) — Somoniylar davlatining amiri (976—97), amir Mansur ibn Nuhnpsh oʻgʻli. Otasining vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi (976-y. 26 sent.). Siyosiy va harbiy sohada is-lohotlar oʻtkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Sim-juriy sipohsolor (bosh qoʻmondon) boʻldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn mansur … Читать далее

NOSIR

NOSIR — abbosiylardan boʻlgan xalifa (1180—1225). Nosir davrida xalifalik bilan saljuqiylar, xorazmshohlar oʻrtasidagi ziddiyat yanada avj oldi. Saljuqiy sultonlar Bagʻdodda xutba oʻqilayotgan vaqtda ularning ham nomi qoʻshib oʻqilishi lozimligini xalifalikdan katʼiy talab qilganlar. Nosir buni kati-yan rad etgan. Xorazmshoh Takash 1194-y. saljuqiylarni yenggach, ushbu talabni qoʻygan. Uning oʻgʻli Muhammad xorazmshoh ham otasi izidan borgan va … Читать далее

IORDANIYA

IORDANIYA, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi (A1-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 91,8 ming km2. Aholisi 5,15 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ammon sh. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. 1952-y. 8 yanv. da qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar b-n). Davlat boshligʻi … Читать далее

NOMA

NOMA (fors. — xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa; 2) ada-biy janr; oʻzbek va fors mumtoz adabi-yotlarida yaratilgan, real yoki xayoliytoʻqima shaxsga asosan sheʼriy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Faxriddin Gurgoniy (11-a.), Avhadiy (1274—1338), Xoja Imod Kirmoniy (14a.)lar fors adabiyotida Noma janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida Noma janrining … Читать далее

INONCHXON

INONCHXON, Oʻgʻul hojib (asl ismi Badruddin Oʻgʻul hojib (?—1223) — anushteginiylar — xorazmshohlar amiri lashkarlaridan, hojib (13-a.). Muhammad Xorazmshoh 1216-y. yozidagi Irgʻiz daryoʻsi boʻyidagi jangsa koʻrsatgan qahramonligi evaziga Inonchxon unvonini beradi. Jaloliddin xorazm-shoh etib tayinlangandan soʻng oʻrganchga kelganda Inonchxon qipchoq amirlarining unga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan oʻz vaqtida ogohlantirgan. 1219-y. I. amir Ixtiyoruddin Kushlu bilan birgalikda … Читать далее

OMDURMAN

OMDURMAN — Sudandagi shahar. Oq Nil daryosi boʻyida (uning Koʻk Nilga qoʻshilish joyida). Aholisi 230 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Xartum va Shim. Xartum sh. lari bilan birlashib yirik aglomeratsiyani tashkil etadi. Savdotransport markazi (chorva, teri, matolar b-n savdo qilinadi). Toʻqimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Islom un-ti, Milliy teatr, Maxdi Muhammad Ahmad maqbarasi bor. … Читать далее

QURʼON

QURʼON (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632-y. lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon «Kitob» (yozuv), «Furqon» (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), «Zikr» (eslatma), «Tanzil» (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, «Nur» (yorugʻlik), «Hudo» (hidoyat), «Muborak» (barakotli), «Mubin» (ochiq-ravshan), «Bushro» (xushxabar), … Читать далее

QURAYSH

QURAYSH, qurayshiylar — arab qabilasi. Makka sh. aholisining asosiy qismini tashkil etgan. 10 ta urugʻdan iborat boʻlgan; ulardan eng mashhurlari umayya ( bani umayya) va hoshim hisoblangan. Umayya urugʻidan chiqqan quldorlar va savdogarlar johiliyat davrida Makkada hukmronlik qilishgan boʻlsa, Muhammad (sav) hoshimiylarga mansub boʻlgan Quraysh qabilasidan umaviylar, abbosiylar va makkalik shariflar sulolasi chiqqan. Soʻnggi davrda … Читать далее