NIYOZ MUHAMMAD HOʻQANDIY

NIYOZ MUHAMMAD HOʻQANDIY, Mullo Niyoz Muhammad Hoʻqandiy Niyoziy bin Mullo Ashur Muhammad (taxm. 1802/03—1878-y. dan soʻng) — qoʻqonlik tarixchi, shoir. 1860-y. N. M. H. Qanoatshoh boshliq Qoʻqon qoʻshinlarining Pishpak, Uch Olmati va Uzun Ogʻochga, 1861—62 y. larda esa Turkiston atrofiga qilgan yurishida ishtirok etgan. Shundan soʻng harbiy xizmatdan ketib, Qoʻqonda oʻz mahallasida tinch mehnat b-n … Читать далее

RUKNIDDIN GʻURSANCHTI

RUKNIDDIN GʻURSANCHTI (taxm. 1206—1222) — Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Otasi unga Iroq viloyatini boshqarishni topshirgan. Xorazmshoh Muhammad Gʻur viloyati bosib olinganligi sharafiga unga «Gʻursanchti» nomini bergan. U husnixat sohibi boʻlib, oʻsmirlik chogʻidayoq Qurʼoni karimni oʻz qoʻli bilan qayta koʻchirgan. Rukniddin Gʻursanchti oliyhimmat, adolatli boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi davrida P. F. Subutoy bahodir va Jebe noʻyon qoʻshinlaridan qochayotgan … Читать далее

NARSHAXIY

NARSHAXIY, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik annarshaxiy (899—959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943—944-y. larda «Buxoro tarixi» («Tahqiqi viloyati Buxoro») nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. Narshaxiyning oʻgʻli Abu … Читать далее

NASRULLAXON

NASRULLAXON (1806.1.6 – Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797 — 1826) va amir Umar (1826y. v. e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826). Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal … Читать далее

INOLCHIQ

INOLCHIQ, Inolchuq (7-1220, Samarkand) — Oʻtror hokimi (1210—20), Muhammad Xorazmshohning yirik sarkardalaridan, Turkon xotunttt ama-kivachchasi. Majusiylikka eʼtiqod qilib yurgan kezlaridagi ismi — Yagantugʻdi (Yagan — qad. turkiychada filni anglatadi), Islomni qabul qilgandan keyingi ismi esa Tojuddin. Gʻoyrxon (yoki Qadrxon) «Qudratli hokim» degan unvon sohibi. I. 1218-y. Chingizxonnnng Umar Xoja Oʻtroriy, Jamol Marogʻiy, Faxruddin Dizakiy (Jizzaxiy) … Читать далее

KALIMAI SHAHODAT

KALIMAI SHAHODAT (arab. – guvoh liksoʻzlari) , tashahhud — islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi — imonning asosi. Unga koʻra, «Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad Uning rasulidir», degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar Kalimai shahodatni aytish orqali boshqalardan, avvalo koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. Kalimai shahodat ibodatning … Читать далее

IMOM

IMOM (arab. — oldinda turuvchi) — namozda oldinda turuvchi, gʻoyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshligʻi. Kundalik xayotda mayejidda jamoa namozining rahbarini Imom deb ataydilar. Imom vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo Imom mansab qam, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turganligi uchungina Imom deb eʼtirof qilinadi. Mahalla va qishloq mayejidlarida, odatda, diniy maʼlumoti bor … Читать далее

KULOLLIK

KULOLLIK, kulolchilik — hunarmandlikning loy (gil)dan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va b.) tayyor-laydigan turi. Kulollikda asosiy xom ashyo — tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi tur-licha boʻlgan tuproklardan turli xil Kulollik buyumi yasash jarayoni. Kulollik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi. Kulollikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda … Читать далее

KOSHGʻARIY

KOSHGʻARIY, Mahmud Koshgʻariy ibn Husayn ibn Muhammad (II-a.) — turkshunoslik ilmining asoschisi. filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Xusayn ibn Muhammad oʻsha davrdagi Baregan elining amiri boʻlgan. Koshgʻariy boshlangich maʼlumotni oʻz qishlogʻida, yuqori maʼlumotni Koshgʻar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. Soʻng u Buxoro, Samarqand Marv Nishopur … Читать далее

NOYIB

NOYIB, noib (arab. — oʻrinbosar, yordamchi) — oʻrta asrlarda musulmon davlatlarida tobe oʻlka yoki viloyat hokimi. Noyiblar, odatda, oliy hukmdorning oʻrinbosari hisoblangan. 1) Ol-tin Oʻrdada Noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi (Mas, Xorazmda). 2) Muhammad Xorazmshoh toʻngʻich far-zandi Jaloliddin Manguberdita Gʻazni, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamin Davor qamda qoʻshni Hind yerlarini boshqarishga bergan. Biroq, Jaloliddinni Urganchdan … Читать далее