NOMA

NOMA (fors. — xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa;

2) ada-biy janr; oʻzbek va fors mumtoz adabi-yotlarida yaratilgan, real yoki xayoliytoʻqima shaxsga asosan sheʼriy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Faxriddin Gurgoniy (11-a.), Avhadiy (1274—1338), Xoja Imod Kirmoniy (14a.)lar fors adabiyotida Noma janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida Noma janrining paydo boʻlishi Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Uning «Muhabbatnoma» asari (1353— 54) oshiqning maʼshuqaga yoʻllagan gʻazal shaklidagi 10 ta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si taʼsirida yaratilgan Xoʻjandiyning «Latofatnoma», Sayid Ahmadnint «Taashshuqnoma», Yusuf Ami-riynnig «Dahnoma» asarlarida ham Noma janri anʼanalariga rioya qilingan: ularning barchasi bir xil vaznda, masnaviy shaklida yozilgan; barchasi xam 10 nomadan iborat. «Muhabbatnoma», «Latofatnoma», «Taashshuqnoma» asarlarida Nomalar oshiq tilidan yozilgan bulsa, «Dahnoma»dagi Nomalar ham oshiq, ham maʼshuqa nomidan yoʻllangan. Alisher Navoiy va Zokirjon Furqatning oʻz doʻstlari va ustozlariga yozgan sheʼriy maktublarini ham keng maʼnoda Noma janriga kiritish mumkin;

3) biror tarixiy shaxs yoki asar qaxramonining sarguzashtlari, safar taassurotlari, ichki kechinmalari nazm yoki nasrda bayon etilgan har qanday (badiiy, ilmiy, memuar va b.) asar turi. Mas, Boburning «Boburnoma», Muqimiyning «Sayohatnoma», Shayxzodaning «Toshkentnoma» asarlari;

4) mazmunan murakkab, yirik epik asar; doston. Mas, Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Iskandarnoma», Muhammad Solixning «Shayboniynoma» asarlari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x