BOʻRONOV

BOʻRONOV Qoʻrgʻon (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari d-ri (1981), prof. (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat untining tarix f-tini (1950) tugatgan. 1956—90 y. larda Toshkent oliy partiya maktabida oʻqituvchi, dotsent, dekan, kafedra prof., kafedra mudiri. ToshDU tabiiy f-tlarning falsafa kafedrasi katta ilmiy xodimi (1971—73). Oʻzbekiston FA falsafa kafedrasi prof. (1981— 84). Siyosatshunoslik va boshqaruv inti prof. (1990—92). Ilmiy ishlari maʼnaviy madaniyat taraqqiyotining umumfalsafiy masalalari, gumanizm va madaniyatning oʻzaro bogʻliqligi, milliy munosabatlar va milliy madaniyatlar rivojlanish dialektikasi muammolariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x