BRUNO

BRUNO (Bruno) Jordano Filippo (1548, Nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. Bruno xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini oʻrgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy koʻz bilan qarab, har bir masala boʻyicha oʻzining mustaqil fiqolarini qaramaqarshi qoʻyadi. Baʼzan uning bunday mustaqil gʻoyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun inkvizitsiya tomonidan qattiqtaʼqib qilindi. Bruno taʼqibdan qochib Neapoldan Rimga oʻtdi, soʻngra Shveysariya, Fransiya, Angliya, Germaniyada yashadi. Untlarda astronomiya, falsafa va mnemonika, yaʼni xotirani rivojlantirish sanʼatidan maʼruzalar oʻqidi. Sxolastik falsafaga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozdi. Oʻz taʼlimotini «Nola falsafasi» deb atadi. 1592-y. da rohiblar uni aldab Venetsiyaga taklif qildilar va inkvizitsiya qoʻliga topshirdilar. Bruno dahriylik (yereslik)da ayblanib, 8 y. qamoqda yotdi. Lekin oʻz dunyoqarashidan qaytmadi. Katolik cherkovi Brunoni gulxanda yoqib yubordi. Brunoning dunyoqarashi yunon faylasuflari, N. Kopernikning geliotsentrik sistemasi taʼsirida shakllandi. U geliotsentrik gʻoyani yanada rivojlantirdi, Quyosh sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida zamonasi uchun dadil fiqolar bayon etdi. Hamma narsa harakatda, uzluksiz rivojlanishda, yeru osmonda tabiat qonunlari mavjud deb billi. Lekin xudo tabiatda — narsalarning oʻzida deb tushundi. Bruno fan uchun kurashdi. Brunoning asosiy asarlari: «Gʻoyalar soyasi haqida» (1582), «Sabab, ibtido va yakkayuyagona haqida» (1584), «Cheksizlik, koinot va olamlar haqida» (1584), «Kuldagi ziyofat» (1584), «Pegas sirlari» (1585).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x