ROMITANIY Xoja Ali

ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. oʻrtalari — Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1316/1321) — xojagonnaqshbandiya tariqati vakili. Toʻquvchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Sufiylik yoʻlidagi ustozi Maxmud Anjirfagʻnaviydir. Oʻz navbatida, Romitaniy Xoja Muhammad Boboyi Samosiynmng ustozi hisoblanadi. Bizgacha «Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy» asari yetib kelgan. Asarda Romitaniyning tasavvuf axlining axloqodobi, xojagon tariqati qonunqoidalari bilan bogʻliq qarashlari, pandnasihatlari jamlangan. Xojagonlik tariqatining 10 sharti bayon qilingan «Risolai Hazrati Azizon» nomli kichik hajmli asar ham Romitaniyga nisbat beriladi. R. Sariboʻston qishlogʻi (Qoʻrgon qishlogʻi yaqini)da dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan, u mustaqillik davrida taʼmirlangan. Romitaniy qabri ziyoratgoh hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x