ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR

ILDIZ AJRATADIGAN MODDALAR — oʻsimlik hayot faoliyati jarayonida ildizlar orqali atrof muhitga ajralib chiqadigan organik va mineral moddalar. Ildizlarning moddalar chiqarishi normal fiziologik funksiyadir. Ildiz ajratadigan moddalar tarkibida oʻsimlik orga-nizmida kechadigan moddalar almashi-nuvida qatnashadigan barcha moddalar boʻladi. Mineral birikmalardan karbonat kislota, kaliy, kalsiy, magniy, natriy ionlari, sulfatlar, ammoniy xloridlar, fosfatlar va b. bor. Organik birikmalardan: sand, fermentlar, aminokislotalar, vshpaminlar, organik kislotalar, fitonsidlar, al-kaloidlar uchraydi. Ildizning modda ajratish intensivligi va ajralgan moddaning tarkibiy qismi yorugʻlik, harorat, atrof muhit namligi, yil va sutka, oʻsimlikning oʻsish va rivojlanish fazalari, fiziologik holati, qaysi turga mansubligiga bogʻliq. Ildiz ajratadigan moddalar tarkibidagi karbonat angidrid gazi va b. kislotali birikmalar tuproqdagi qiyin eriydigan oziq moddalar hamda oʻgʻitlarni oʻsimlik oʻzlashtiradigan shaklga oʻtkazishda qatnashadi va tuproq eritmasi kislotalik darajasini oʻzgartirib turadi. Qand, aminokislotalar va mineral elementlar rizosfera mikroorganizmlari (ildiz atrofida toʻplanadigan mikroorganizmlar) uchun oziq boʻlib xizmat qiladi va moddalar almashinuvi mahsulotlari orqali oʻsimlikning oʻsish va rivojlani-shiga taʼsir koʻrsatadi. Fiziologik faol moddalar — vitaminlar, fermentlar, fitotsidlar, alkaloidlar oʻsimlikka va tuproq mikroorganizmlariga taʼsir qilib, ular hayot faoliyatini kuchaytiradi yoki, aksincha, susaytirib qoʻyadi, bedaning qari ildizlari ajratadigan saponin alkaloidi bedazordagi oʻsimlik tupi qalinligini siyraklashtirib yuboradi va bedaning oʻrniga ekiladigan ekinning oʻsish va rivojlanishini susaytiradi. Shunga koʻra, gʻalla-gʻoʻza-beda almashlab ekishda bedani bir dalaning oʻzida 2—3 yildan ortiq oʻstirishga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Abdukarim Zikriyeev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x