SIDNEY UNIVERSITETI

SIDNEY UNIVERSITETI — Avstraliyaning eng qad. va yirik un-ti. 1850-y. tashkil etilgan. K,. x., meʼmorlik, gumanitar fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik, muhandislik ishi, tibbiyot, stomatologiya, veterinariya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Rasadxonasi, kutubxonasi (2 mln. ga yaqin asar) bor. 19 mingdan ortiqtalaba taʼlim oladi. Пост Навигацияси

CHORVACHILIK

CHORVACHILIK — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va b.), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h. k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar … Читать далее

JAROHAT

JAROHAT — gavda toʻqimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, koʻpincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, boʻgʻim, ichki aʼzo va gavda boʻshliklarining butunligiga putur yetishi). Toʻqimaning ogʻrishi, qonashi va ochilib qolishi Jarohatning asosiy belgilaridir. Paydo boʻlish sharoitiga qarab xirurgik (operatsion) Jarohat, jangda yaralanish va tasodifiy Jarohat ajratiladi; jarohatlovchi qurol qanday shikact yetkazganligiga qarab, kesilgan, sanchilgan, … Читать далее

TOYLOQ

TOYLOQ — Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Samarqand (10 km). Aholisi 8,3 ming kishi (2004). Tumanning asosiy korxonalari Toyloqda joylashgan. Toyloq dagi 22 ishlab chiqarish. korxonasidan 3 tasi yirik korxona (meva, konserva va vino zdlari). Bundan tashqari 2 ta qoʻshmakorxona (shu jumladan, «Tonigrin» Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi) … Читать далее

BIOLOGIK PREPARATLAR

BIOLOGIK PREPARATLAR, biopreparatlar — q. x. da hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklariga diagnoz qoʻyish, kasalliklarning oldini olish, davolash, mahsuldorligini oshirishda, shuningdek oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tuproqunumdorligini oshirishda qoʻllaniladigan biologik vositalar. Veterinariyada Biologik preparatlarning quyidagi turlari mavjud: davolash uchun (maxsus giperimmunli zardoblar, gammaglobulinlar); kasalliklarning oldini olish uchun (vaksinalar, anatoksinlar); diagnostika uchun (allergenlar, antigenlar, diagnostik … Читать далее

BAKTERIOLOGIYA

BAKTERIOLOGIYA (bakteriyalar va… logiya) — bakteriyalar haqidagi fan, mikrobiologiyaning bir boʻlimi. Bir nechta mustaqil sohalari bor. U m u m i y B. bakteriyalarning morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosini, ularning oʻzgaruvchanligi va irsiyatini, evolyutsiyasi, tabiatda tarqalishi va b. ni; tibbiyot hamda veterinariya B. si, kasallik tugʻdiruvchi bakteriyalar biologiyasini, ularni ajratib olish va aniqlash usullarini, immunitet hodisasini … Читать далее

SOFIYA UNIVERSITETI

SOFIYA UNIVERSITETI, Kliment Oxridskiy nomidagi Sofiya universiteti — Bolgariyaning birinchi va yirik oliy oʻquv yurti. 1888-y. oliy ped. kurslari sifatida tashkil etilgan. 1889-y. Oliy bilim yurti, 1904-y. dan un-t; 1905-y. dan slavyan maʼrifatparvari, qad. bolgar adabiyeti asoschilaridan biri Kliment Oxridskiy nomida. 1944-y. qayta tashkil etilgan. 2-jahon urushidan soʻng Bolgariyaning yetakchi ilmiyped. markaziga aylangan. Uning negizida … Читать далее

SKRYABIN Konstantin Ivanovich

SKRYABIN Konstantin Ivanovich (1878.7,12, Sankt-Peterburg 1972.17.10, Moskva) — rus gelmintolog va parazitolog olimi, SSSR FA (1935), Butunittifoq qishloq xoʻjalik FA (1935) va tibbiyot FA (1944) akad., Rossiya (1927), Qirgʻiziston (1954) va Oʻzbekistonda (1962) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Mehnat Qahramoni (1958). j Yuryev (hoz. Tartu sh., Estoniya) veterinariya in-tini tugatgan (1905), Turkiston oʻlkasi veterinariya vrachi (1905—11), … Читать далее

SAMARQAND QISHLOQ XUJALIGI INSTITUTI

SAMARQAND QISHLOQ XUJALIGI INSTITUTI — agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1929-y. da Oʻzbekiston davlat paxtachilik in-ti va Oʻzbekiston zooveterinariya in-ti bazasida tashkil etilgan. 1933-y. dan Oʻzbekiston q. x. inti, 1961-y. dan hoz. nomda. Int tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra … Читать далее

OTCHOPAR

OTCHOPAR, ippodrom — yoʻrtoqi va chopqir otlarni sinash (sovitish) hamda ot sporti musobaqalarini oʻtkazish uchun moʻljallab maxsus jihozlangan joy; bu sinov va musobaqalarni oʻtkazishni tashkil qiluvchi muassasa. Otchoparda otlarni yoʻrttirib chopish va poyga oʻtkazish uchun moʻljallangan halqasimon (doira) berk yoʻlkalar, tomo-shabinlar uchun moʻljallangan minbarli inshoot (asosan, finish yoʻlkasi boʻylab quriladi), hakamlar uchun moʻljallangan minora (odatda, … Читать далее