BAKTERIOLOGIYA

BAKTERIOLOGIYA (bakteriyalar va… logiya) — bakteriyalar haqidagi fan, mikrobiologiyaning bir boʻlimi. Bir nechta mustaqil sohalari bor. U m u m i y B. bakteriyalarning morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosini, ularning oʻzgaruvchanligi va irsiyatini, evolyutsiyasi, tabiatda tarqalishi va b. ni; tibbiyot hamda veterinariya B. si, kasallik tugʻdiruvchi bakteriyalar biologiyasini, ularni ajratib olish va aniqlash usullarini, immunitet hodisasini oʻrganadi. Q i sh l o q xoʻjaligi Bakteriologiyasi tuproq strukturasi hosil boʻlishida, q. x. mahsulotlarini qayta ishlash (siloslash, achitish va h. k.)da bakteriyalarning ahamiyatini; texnika (sanoat) B. si bakteriyalarning spirtlar, organik kislotalar, fermentlar, aminokislotalar va b. hosil qilish jarayonlarini oʻrganadi. Bakteriologiya 19-a. dan L. Paster bijgʻish va ayrim infeksion kasalliklarga bakteriyalar sabab boʻlishini aniqlagandan soʻng rivojlana boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x