SAMARQAND QISHLOQ XUJALIGI INSTITUTI

SAMARQAND QISHLOQ XUJALIGI INSTITUTIagrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1929-y. da Oʻzbekiston davlat paxtachilik in-ti va Oʻzbekiston zooveterinariya in-ti bazasida tashkil etilgan. 1933-y. dan Oʻzbekiston q. x. inti, 1961-y. dan hoz. nomda. Int tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995-y. dan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-y. da 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Int krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, in-t muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 oʻquv yilida In-tda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va b. mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan d-ri va prof., 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Int tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va «Ilmiy ishlar toʻplamlari» nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x