KREMEN

KREMEN — kristalli va amorf kremnezyom, yaʼni qumtuproq (opal, xalsedon yoki kvars)dan tashqil topgan mineral tuzilma. K. Yer poʻstida konkretsiya, gʻurra, linza va qatlam koʻrinishida keng tarqalgan, koʻpincha, ohaktoshlar va boʻr yotqiziqlari orasida muvofiq holda yotadi. Kimyoviy tarkibida SiO2 koʻproq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 7. Rangi sariq, qoʻngʻir yoki qora. Choʻkindilarning diagenezi, togʻ jinslari katagenezi … Читать далее

GIGROMETR

GIGROMETR — havo namligini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Asbobga asos qilib olingan usulga bogʻliq holda Gigrometr quyidagi xillarga boʻlinadi: absorbsion, tarozili yoki mutlaq soch tolali, tasmali, diffuzionmanometrli, kondensatsion, elektrolitik, spektral Gigrometrlar va psixrometr. Mas, tarozili Gigrometr yordamida mutlaq namlik (g/m3) gigroskopik moddaning nam havodan suv bugʻini singdirishiga asosan aniqlanadi. Meteorologik amaliyotda soch tolali, tasmali Gigrometrlar … Читать далее

DAROMAD SOLIGʻI

DAROMAD SOLIGʻI — moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (fukarolar) ning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslar (tashkilotlar, xoʻjaliklar, korxonalar va b.)ning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi) dan undiriladigan toʻgʻri, umumdavlat soligʻi. Buyuk Britaniyada 1842-y. dan, Yaponiyada 1887-y. dan, Germaniyada 1891-y. dan, AQSHda 1913-y. dan, Fransiyada 1914-y. dan joriy qilingan. Sobiq SSSRda … Читать далее

KANTO ZILZILASI

KANTO ZILZILASI, Tokio zilzil as i — Yaponiyaning Tokio va Yokoxama sh. lari joylashgan Kanto r-nining jan. qismida 1923-y. 1 sent. da sodir boʻlgan talafotli zilzila. Zilzila kuchi, 12 balli shkala boʻyicha 10 — 11 ball, magnitudasi 7,9 boʻlgan. Zilzila epitsentri Yokoxamadan 60 km, Tokiodan 104 km uzoqlikda, Sagami qoʻltigʻida joylashgan. Keyingi maʼlumotlar boʻyicha u … Читать далее

ZILZILA

ZILZILA, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Zilzila lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Zilzilalar deyiladi. Ular … Читать далее

GRADUS

GRADUS (lot. gradus — qadam, daraja) , daraja — 1) t-raning turli shkalalariga muvofiq keladigan har xil birliklarining umumiy nomi. Selsiy G. i (°S), Kelvin G. i (K), Farengeyt G. i (°Gʻ), Reomyur Gradusi (°R) mavjud. Selsiy shkalasida suvning muzlash t-rasi (0°S) bilan qaynash t-rasi (100°S) oraligʻi teng 100 qismga boʻlinadi. Kelvin shkalasida ideal gaz … Читать далее

GUJAROT ZILZILASI

GUJAROT ZILZILASI — 2001-y. 26 yanvda Hindistonning Gujarot shtatida mahalliy vaqt bilan soat 8 dan 46 min. oʻtganda sodir boʻlgan yer silkinishi. Zil-zila epitsentri Ahmadobod va Bxuj sh. lari oraligʻida joylashgan. Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 7,7 boʻldi. Zilzila kuchi MSK-64—12 balli shkala boʻyicha 10 ball boʻlib, Hindistonning bir qancha shaharlari (Ahmadobod, Kach va b.) katta … Читать далее

GIPS

GIPS (yun. gypsos — boʻr, ohak) — 1) tabiiy Gips — mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO42H2O; tarkibida sof holda SaO (32,56%). SO3 (46,51%), N2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza Gips rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar … Читать далее

GALVANOMETR

GALVANOMETR (galvano… va …metr) — juda kichik tok, kuchlanish va elektr mikdorini oʻlchaydigan asbob. Ishi elektr toki maydoni bilan magnit maidonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Ishlash tarziga koʻra, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va termoelektrik; tok turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok G. lariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok G. lari, asosan, magnitoelektr sistemasida boʻladi. Galvanometr larning xilma-xil konstruksiyalari ichida … Читать далее

GRUPPA

GRUPPA (nem. Gruppe) — 1) guruh — biror jihati (belgisi, xususiyati, maqsad-gʻoyasi, faoliyati va b.) bilan oʻzaro bogʻliq yoki yaqin narsa va jonzodlar majmui (mas, qon G. si, ijtimoiy Gruppa); 2) matematikada — algebraik sistemalarning bir turi. Mat. ning turli yoʻnalishlarini munosabatlar va amallar nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish natijasida vujudga kelgan. Gruppalar nazariyasi mat. … Читать далее