DAROMAD SOLIGʻI

DAROMAD SOLIGʻImoliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (fukarolar) ning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslar (tashkilotlar, xoʻjaliklar, korxonalar va b.)ning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi) dan undiriladigan toʻgʻri, umumdavlat soligʻi. Buyuk Britaniyada 1842-y. dan, Yaponiyada 1887-y. dan, Germaniyada 1891-y. dan, AQSHda 1913-y. dan, Fransiyada 1914-y. dan joriy qilingan. Sobiq SSSRda 1922-y. 16 noyab. dagi Dekretga koʻra daromad-mulk soligʻi degan umumiy nom bilan joriy qilingan va 1924-y. dan Daromad soligʻiga aylantirilgan hamda 1991-y. gacha ishchi va xizmatchilarning maoshidan tabakalashgan shkala boʻyicha undirilgan (100 soʻmdan 8 soʻm 20 tiyin, 100 dan yuqori summadan 13% miqdorida). Oʻzbekiston Respublikasida Daromad soligʻi undirish tartibi 1998-y. yanv. dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq olib boriladi. Kodeksga koʻra yuridik shaxslarning solik solinadigan jami daromadi (foydasi)ga 26 foizlik stavka boʻyicha soliq solinadi (2001). Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, ekologiya va b. soliqlar hamda yigʻimlar oʻrniga byudjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar (22—50% darajasida). Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga soliq solish maqsadida eng kam ish haqining mikdori yil boshidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun tarzida (oshib boruvchi stavkalarda) hisoblanadi, eng kam ish haqining toʻrt baravari mikdorigacha daromad summasining 13%, eng kam ish haqining sakkiz baravarigacha 23%, 8 baravari miqdoridan (+1 soʻm) va undan yuqori boʻlgan summadan 33% ni tashkil qiladi (1 avg. 2001). Daromad soligʻi undirishda soliq toʻlovchilar uchun bir qator chegirmalar va imtiyozlar nazarda tutilgan (yana q. Soliqlar).

Rahmatjon Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x