GALVANOMETR

GALVANOMETR (galvano… va …metr) — juda kichik tok, kuchlanish va elektr mikdorini oʻlchaydigan asbob. Ishi elektr toki maydoni bilan magnit maidonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Ishlash tarziga koʻra, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va termoelektrik; tok turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok G. lariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok G. lari, asosan, magnitoelektr sistemasida boʻladi. Galvanometr larning xilma-xil konstruksiyalari ichida oʻzgarmas tok zanjirlari uchun qoʻzgʻaluvchan ramkali va oʻzgaruvchan tok zanjirlari uchun tebranuvchan magnitli turlari keng tarqalgan. Oʻzgaruvchan tok Galvanometr lari barcha sistemalarda ishlab chiqariladi. Galvanometrlar milli va koʻzguli boʻlishi mumkin. Milli Galvanometr larda shkala boʻlimlari qiymatini mili koʻrsatadi. Koʻzguli Galvanometrning qoʻzgʻaluvchi qismiga kichkina koʻzgu mahkamlab qoʻyiladi. Koʻzgudan qaytgan nur shkalaga tushib, oʻlchanayotgan elektr toki yoki kuchlanish qiymatini koʻrsatadi. Galvanometr asosan ikki juft qoʻzgʻalmas gʻaltak, magnitlar sistemasi va koʻzgudan iborat. Oʻlchanayotgan tok gʻaltaklar chulgʻamidan oʻtayotganida mil magnit tok kuchiga yarasha ogʻadi. Koʻzgu bu ogʻishni kuzatib turishga imkon beradi. Qoʻzgʻalmas magnitli Galvanometrda esa gʻaltak qoʻzgʻaladi. Boshqa turdagi (ballistik, vibratsion, termogalvanometr) Galvanometrlar bir-biridan tuzilishi, ayniqsa sxemotexnikasi bilan farqlanadi. Galvanometrning asosiy koʻrsatkichi — uning sezgirligi. Mac, oʻzgarmas tok Galvanometrlari 5-10»11 A tok kuchini: 5-10-» V kuchlanishni sezadi.

Keyingi yillarda integral mikrosxemali asboblar, ayniqsa, oʻta aniq va sezgir raqamli elektr oʻlchov asboblari, shu jumladan, oʻta sezgir Galvanometrlar ishlab chikarilmokda. Ularning sezgirlik darajasi nihoyatda yuqori boʻlganligi uchun tibbiyotda, fiziologik tadqiqotlar oʻtkazishda va koʻplab texnologik jarayonlarda, texnikaning turli sohalarida keng ishlatilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x