KANTO ZILZILASI

KANTO ZILZILASI, Tokio zilzil as i — Yaponiyaning Tokio va Yokoxama sh. lari joylashgan Kanto r-nining jan. qismida 1923-y. 1 sent. da sodir boʻlgan talafotli zilzila. Zilzila kuchi, 12 balli shkala boʻyicha 10 — 11 ball, magnitudasi 7,9 boʻlgan. Zilzila epitsentri Yokoxamadan 60 km, Tokiodan 104 km uzoqlikda, Sagami qoʻltigʻida joylashgan. Keyingi maʼlumotlar boʻyicha u yerda 1649, 1703, 1855, 1891-y. larda ham talafotli zilzilalar roʻy bergan. Lekin, 1923-y. dagi Kanto zilzilasi Yaponiya tarixida eng koʻp qurbonlar va talafotlar keltirgan zilzila hisoblanadi. Ushbu zilzila oqibatida 142807 kishi halok boʻlgan, 128266 uy batamom qulagan, 126233 uyga zarar yetgan va 447218 uy yonib ketgan. Zilziladan keyin bir necha daqiqa oʻtgach, bir vaqtning ichida koʻp joylardan yongʻin chiqib, Tokio sh. olov halqasi ichida krlgan va yongʻin koʻplab odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan. Undan tashqari,Sagama qoʻltigʻi, Idzu, Miura, Baso ya. o. lari, zilzila taʼsirida vujudga kelgan va toʻlqin balandligi (amplitudasi) 10 m dan ortiq boʻlgan sunamidan ham katta talafot koʻrgan. Bu zilziladan keyin Tokio un-tida va Yaponiyaning bir qancha shaharlari (Kioto, Senday va b.)dagi un-tlar qoshida seysmologiya in-tlari tashkil etildi, seysmik st-yalar tarmogʻi kengaytirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x