MINERAL

MINERAL (frans. mineral — ruda) — Yer (va b. kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi. Mineral aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq Mineral ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning Mineralga mansubligi baxsli, … Читать далее

KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xavfli zararkuvandasi. Yevropa, Kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20—27 mm, oldingi kanoti och kulrang, qanotining oʻrtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; keyingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining oʻz. … Читать далее

PETROFIZIKA

PETROFIZIKA — togʻ jinslari fizik xossalarini ularning mineral tarkibi, strukturasi va paydo bulish tarixi bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan. P. geofizik tadqiqotlar negizida vujudga kelib, qattiq jins fizika-si, tajribaviy petrografiya va mineralogiya, muhandislik geologiyasi va textonika, foydali kazilmalar taʼlimoti bilan uzviy bogʻliq holda rivojlandi. «Petrofizika» tushunchasini fanga nemis geofizigi F. Fyorlix kiritgan. Petrofizika togʻ jinslari xususiyatlarini … Читать далее

PAXTA TOLASI

PAXTA TOLASI — chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasi dan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h. k.), trikotaj va b. ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, … Читать далее

KRIPTORXIZM

KRIPTORXIZM (kripto… va yun. orhis — moyak, tuxum) — yorgʻoqda bitta (monorxizm) yoki ikkala moyakning boʻlmasligi; embrional rivojlanish anomaliyasi. Homila xromosomalari patologiyasi, ona va homiladagi gormonal yetishmovchilik, chov kanali nuqsonlari va b. omillar moyakning qorin pardasi orqasidagi boʻshlikdan yorgʻoqqa tushmay qolishiga sabab boʻladi. Hopmal holatda moyaklar homilaning 8—9 oyligida qorin boʻshligʻidan yorgʻoqqa tushadi, anomaliyada esa … Читать далее

METODOLOGIYA

METODOLOGIYA (metod va…logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi Metodologiyaga metafizikani, voqelikning chiziqli … Читать далее

KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI

KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-a. larda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablari qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-a. oxiri—18-a. davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi … Читать далее

METAMORFIZM

METAMORFIZM (yun. metamorpho-omai — tubdan oʻzgarmoq, oʻzgarishga uchramoq) — choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining t-ra, bosim va chuqurlikdagi eritma (flyuid)larning kimyoviy faolligi taʼsirida oʻzgarishi (qayta kristallanishi, mi-neralogik va kimyoviy oʻzgarishi) jarayoni. Buning natijasida ular metamorfik togʻ jinslariga aylanadi. Metamorfizm ningendogen vakosmogen turlari mavjud. Endogen Metamorfizm regional va kontaktli Metamorfizmga boʻlinadi. … Читать далее

FUQAROLIK JAMIYATI

FUQAROLIK JAMIYATI — konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy intlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning … Читать далее

SIKADALAR

SIKADALAR, jizildoqlar, saratonlar (Cicadinea) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning kenja turkumi. 17 ming turi maʼlum. Sikadalar juda serharakat hasharot. Tanasining uz. 25—50 mm. Boshi koʻkrak qismiga harakatsiz birikkan. Murakkab koʻzlaridan boshqa yana 2—3 ta oddiy koʻzi ham bor. Qanotlari bir-biriga binoning stropil tomisimon taxlanib yopiladi, oldingi juft qanotlari orqa qanotlarga nisbatan qalinroq. Moʻylovi va panjasi … Читать далее