KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI

KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida 17—19-a. larda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablari qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-a. oxiri—18-a. davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bo-zor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni i. ch. ningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.

Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623 — 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat mikdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, i. ch. sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18a. oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (q. Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-a. ning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarining rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.

A. Smitning asosiy gʻoyalari «yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar» (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u «koʻrinmas qoʻl» nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan. D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini oʻnga sarflangan mehnat xarajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik i. ch. ning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonoʻnga bogʻlab oʻrganadi.

Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina i. ch. omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni» — «bozor qonuni» yoki «sotish nazariyasi» hisoblanadi.

Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishgauringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi «geometrik», neʼmatlar «arifmetik» progressiyalarda oʻsadi, degan «nufus nazariyasi» ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.

Ingliz iqtisodchisi J. S. Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa «i. ch. qonunlari»ni qoʻydi, bu masalani «taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb bildi.

19-a. oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (q. Neoklassik iqtisodiy nazariya).

Ad.: Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlartarixi, T., 1997; Mayburd Ye. I., Vvedeniye v istoriyu ekonomicheskoy mыsli, M., 1996; Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999.

Abduxalil Razzoqov, Neʼmat Xolmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x