MIYA

MIYA — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

METROPOLITEN

METROPOLITEN, metro (yun. metropolis — bosh shahar, markaz) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin. Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, i. ch., savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar … Читать далее

MANBASHUNOSLIK

MANBASHUNOSLIK — tarixiy manbalarni [q. Manbalar (tarixiy)] izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. M. tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi … Читать далее

MONUMENTAL RANGTASVIR

MONUMENTAL RANGTASVIR — rang-tasviryaing meʼmorlik bilan bogʻliq turi; binolarning ichki qismi, shiftlari, qisman binoning tashqi tomoni devorlariga ishlangan tasvirlar. Monumental rangtasvir jamiyat hayotidan olingan muhim voqea va hodisalar, chuqur falsafiy tushunchalarni aks ettiradi. Uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi uchun obrazlarni umumlashma tarzda tasvirlashga, mayda qismlardan kamroq foydalanishga qarakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinishi mumkin. Ishlanish usuliga … Читать далее

MONIZM

MONIZM (yun. monas — yakka, yagona) — dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan taʼlimot. M. dualizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tari-xida materialistik va idealistik Monizm mavjud boʻlgan. Materialistik Monizm tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni (Anaksimandr), havoni (Anaksimen), gomeomeriya (zarra)ni (Anaksagor), atomni (Demokrit, Epikur), olovni (Geraklit) dunyoning yagona moddiy asosi … Читать далее

PELAGIAL

PELAGIAL (yun. pelagos — dengiz) — dengiz, okean va koʻllarda suvning tirik organizmlar yashaydigan qatlami (suv tubidan boshlab suv yuzasigacha); bental (suv tubi) tushunchasining aksi. Pelagialda yashovchi organizmlar plankton, nekton (faol suzadigan organizmlar), neyston (suv yuzasida yashaydigan organizmlar) guruhlarga boʻlinadi. Dengiz va okeanlarda Pelagial qatlamni ham yashash sharoiti va organizm tarkibi boʻyicha bir necha zonaga … Читать далее

MAʼRIFATCHILIK

MAʼRIFATCHILIK — madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Maʼri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtayi nazardan Maʼrifatchilikni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targʻib qilish qad. zamonlarda boshlangan boʻlsada, Maʼrifatchilik oqim sifatida Gʻarbda 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida, … Читать далее

PEDOMORFOZ

PEDOMORFOZ (yun. paidos — bola va morphe — shakl) — organizmlarning voyaga yetgan davrining butunlay yoʻqolishi va ontogenezniit qisqarishi orqali evolyutsion oʻzgarish usuli. «Pedomorfoz» terminini ingliz biologi U. Garstan taklif etgan (1922). Pedomorfoz lichinkasi neoteniya yoki pedogenez asosida rivojlanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar turi uchun xos. Dumli suvda va quruqlikda yashovchilarning ayrim guruxlari (proteylar, sirenlar), … Читать далее

PNEVMOKONIOZ

PNEVMOKONIOZ (yun. pneumon — oʻpka va konia — chang) — zararli changlarni uzoq vaqt yutishdan paydo boʻladigan oʻpka kasalliklari guruhi. Pnevmokoniozga kon-ruda, kumir, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoklari ishchilarining xavfeizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmasliklaridan paydo boʻladi. Klinik belgilari, kechishi va asoratlariga koʻra farq qiladigan Pnevmokoniozning rivojlanish muddatlari har xil bulib, bu — havoning ifloslanish darajasi, … Читать далее