MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

MUNIS

MUNIS Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778 — Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-y. da otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq M. ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari … Читать далее

MUSIQA

MUSIQA (yun. mousiche — muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy … Читать далее

MUBOLAGʻA

MUBOLAGʻA, giperbola — obrazli ifoda: adabiy asarda voqelikda mavjud va yoʻq, boʻlishi dargumon shaxs, jonli va jonsiz narsa, voqea, hodisalarning nisbiylik mezonlari asosida kattalashtirib, burttirib, lofqofli aks ettirilishi. Mubolagʻa li aksning bosh alomatlari hayotiylikdan chekinish, favquloddaviylik, gʻayritabiiylikdir. Mubolagʻa li inʼikoslar oʻxshatish, istiora, sifatlash, jonlantirish, taʼriz, tazod va b. badiiylik vositalarining muayyan darajadagi xizmatlari tufayli yaratiladi. … Читать далее

MIYA

MIYA — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy boʻlimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit oʻzaro munosabatlarining boshqarilishini taʼminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya koʻndalang va boʻylama tutashtirgichlar orqali oʻzaro tutashgan nerv hujayralari toʻplami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va boʻgʻim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning … Читать далее

PITEKANTROPLAR

PITEKANTROPLAR (yun. pithekos maymun va anthropos — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxm. 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 y. larda golland olimi E. Dyubua Yava o. dagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan. … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MELANINLAR

MELANINLAR (yun. melas — qora) — toʻq jigarrang va qora pigmentlar. Odam, oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida keng tarqalgan. Yuqori molekulali boʻlib, suvda erimaydi. Teri qoplami va uning hosilalari (soch, jun, pat, tangachalar), hasharotlar kutikulalari, meva poʻsti va h. k. rangini belgilaydi; albinoslarda Melaninlar boʻlmaydi (q. Albinizm). M. tirozin aminokislotalarining oksidlanishi natijasida hosil boʻladigan oʻzgarishlar mahsuli. … Читать далее

MAHMUDBIY

MAHMUDBIY, Mahmud Qatagʻon (taxm. 17-a. 1-yarmi — 18-a. boshi) — ashtarxoniylar davridagi nufuzli amaldor, otaliq. Toxariston (1683-y. dan), Balx va Badaxshon hokimi (1688-y. dan). M. Movarounnahrning 17-a. 1-yarmidagi ijtimoiysiyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. Imomqulixon davrida (1611— 42) Qunduz M. ning yurti va Toxaristonning Toliqon, Kishm kabi tumanlarini birlashtirgan mulk markaziga aylangan. Mahmudbiy otaliq davrida Ishkamish … Читать далее

MAQOL

MAQOL — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqol larda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan … Читать далее