MELANINLAR

MELANINLAR (yun. melas — qora) — toʻq jigarrang va qora pigmentlar. Odam, oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida keng tarqalgan. Yuqori molekulali boʻlib, suvda erimaydi. Teri qoplami va uning hosilalari (soch, jun, pat, tangachalar), hasharotlar kutikulalari, meva poʻsti va h. k. rangini belgilaydi; albinoslarda Melaninlar boʻlmaydi (q. Albinizm). M. tirozin aminokislotalarining oksidlanishi natijasida hosil boʻladigan oʻzgarishlar mahsuli. Odam terisining rangi maʼlum darajada Melaninlarga bogʻliq. Odam va hayvonlarda Melaninlar hosil boʻlishi endokrin bezlar faoliyati bilan bogʻliq. Ayrim gormonal buzilishlar, baʼzan homiladorlik, ku-yish va ultrabinafsha nurlar taʼsirida terida Melaninlar paydo boʻlishi tezlashadi. Melaninlar miqsorining ortishi soʻgal, ayrim xavfli oʻsma (melanoma)larda kuzatiladi. Baʼzan oʻsimlik mahsulotlarini tozalash chogʻida (mas, kartoshka artganda) ham Melaninlar hosil boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x